РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA QO’LLASH UCHUN AUDITNING XALQARO STANDARTLARINI TAN OLISH TARTIBI TO’G’RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA” QARORI LOYIHASI ISHLAB CHIQILDI

31
May 2019
203 marta ko'rildi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA QO’LLASH UCHUN AUDITNING XALQARO STANDARTLARINI TAN OLISH TARTIBI TO’G’RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA” QARORI LOYIHASI ISHLAB CHIQILDI

Qaror loyihasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi PQ-3946-son “O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” qarorining 10-bandini ijrosi yuzasidan ishlab chiqildi. 

Qaror loyihasining maqsadi auditning xalqaro standartlarini (AXS) joriy etish tartibini aniqlash, AXS matnini davlat tiliga tarjima qilish  va ularni O’zbekiston Respubilkasi Moliya vazirligi veb – saytiga e’lon qilish buyicha tashkiliy choralar majmuini amalga oshirishni nazarda tutadi. 

Xalqaro amaliyotda AXSni joriy etish milliy iqtisodiyotlarning ochiqligini va ularning o’zaro aloqasini oshirish hamda jahon iqtisodiy tizimi integratsiyalashuvini takomillashtirishdan kelib chiqadi.  

Loyihada taklif qilinayotgan normalar amaliyotda qo’llanilgan printsiplar asosida tuzilgan. AXSni tan olish buyicha taklif qilinayotgan normalarni joriy etish orqali auditorlik xizmatlar bozorini xalqaro standartlar asosida rivojlanishi,  ko’rsatilgan auditorlik xizmatlari natijalariga ishbilarmonlar va jamoatchilikni ishonchini oshirish va qo’llab quvvatlash, respublikada ishbilarmonlik muhitini oshirishda asosiy omil sifatida auditorlik kasbi va auditorlik xizmatlari sifatini yuqori darajada ko’tarishni ta’minlashdan iborat. 

Ishlab chiqilgan loyiha muhokamasida faol qatnashishingiz so’raladi. 

Siz “Ochiq vazirlik ~ Qabul qilinayotgan hujjatlar loyihalari” bo’limida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi hududida qo’llash uchun auditning xalqaro standartlarini tan olish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qarori loyihasi bilan tanishishingiz mumkin. 

Oxirgi o'zgartirish Juma, 31 May 2019 14:54

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 355 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd