РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

IKKI JOYDAN IMTIYOZLI VA YOSHGA DOIR PENSIYA OLAYOTGAN FUQARONING “QING’IR ISHI” ANIQLANDI

30
May 2019
177 marta ko'rildi

IKKI JOYDAN IMTIYOZLI VA YOSHGA DOIR PENSIYA OLAYOTGAN FUQARONING “QING’IR ISHI” ANIQLANDI

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro E.N. 1999 yil 24 avgustda imtiyozli yoshga doir pensiya tayinlashni so’rab Pensiya jamg’armasining Termiz shahar bo’limiga ariza bilan murojaat qilgan. Murojaatchi o’z arizasiga imtiyozli mehnat faoliyatini tasdiqlovchi ma’lumotnoma hamda pensiya tayinlash uchun boshqa zarur hujjatlar nusxasini ilova qilgan. Arizaga asosan Pensiya jamg’armasining Termiz shahar bo’limi tomonidan imtiyozli yoshga doir pensiya tayinlangan.

Pensioner E.N.da 2 ta fuqarolik pasporti mavjud bo’lgan. Ushbu fuqaroga o’zining qonunchilikka zid ravishda 2002 yil 4 noyabrda Pensiya jamg’armasining Toshkent shahar Yashnobod tuman (sobiq Xamza tuman) bo’limiga mehnat faoliyatini tasdiqlovchi ma’lumotnomalarni asosan
54 yoshdan yoshga doir pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan. Arizachining taqdim qilgan hujjatlarida hech qanday shubhali holat kuzatilmaganligi sababli Pensiya jamg’armasi Yashnobod tuman (sobiq Xamza tuman) bo’limi tomonidan yana bir bor yoshga doir pensiya tayinlangan.

Pensiya jamg’armasi xodimlari tomonidan kameral tartibda o’tkazilgan tekshirishlarga asosan fuqaro E.N. ikkita pensiya olayotganligi aniqlangan. Natijada 83,0 mln.so’mlik jamg’arma mablag’lari ortiqcha sarflanganligi ma’lum bo’ldi. Mazkur holatga huquqiy baho berish uchun materiallar o’rnatilgan tartibda huquqni muhofaza qilish idorasiga berilgan.

O’zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi Qonunining 4-moddasida davlat pensiyalarining turli xillarini olish huquqiga ega bo’lgan fuqarolarga ularning o’zlari tanlagan bitta pensiya tayinlanishi belgilab qo’yilgan.

Mazkur qonun talabiga ko’ra fuqarolarga bir vaqtning o’zida ikki pasport evaziga ikki marotaba imtiyozli yoshga doir pensiya tayinlanishi, balki bir fuqaroga ikki xil turdagi pensiya tayinlanishi ham mumkin emasligi nazarda tutilgan.

Дата предоставления

«28» май 2019 г.

Кем предоставлено (создано)

Начальник отдел внутреннего аудита и финансового контроля исполнительного аппарата Пенсионного фонда  _______  Э.Норбутаев

Дата размещения

«28» май 2019 г.

Согласовано

Начальник отдела по контролю работы с обращениями и работы со средствами массовой информации исполнительного аппарата Пенсионного фонда ______________Б. Каримов

Кем размещено

Начальник отдела внедрения информационных технологий исполнительного аппарата Пенсионного фонда ___________ К.Ходжибеков

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 30 May 2019 17:14

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 397 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd