РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI TALABALAR VA YOSH BITIRUVCHILARGA HAMDA MALAKA OSHIRISH ISTAGIDA BO’LGAN YOSHLARGA VAZIRLIKDA AMALIYOT O’TASH IMKONIYATINI YARATADI VA TANLOV E’LON QILADI

29
May 2019
435 marta ko'rildi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI TALABALAR VA YOSH BITIRUVCHILARGA HAMDA MALAKA OSHIRISH ISTAGIDA BO’LGAN YOSHLARGA VAZIRLIKDA AMALIYOT O’TASH IMKONIYATINI YARATADI VA TANLOV E’LON QILADI

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Toshkent shahri va viloyatlarda joylashgan Oliy o’quv yurtlarining moliya va moliyani boshqarish, iqtisodiyot (makro/mikro), bank ishi, statistika, amaliy matematika yoki matematikaga ixtisoslashgan shunga yaqin yo’nalishlar bo’yicha bakalavriatning kunduzgi bo’limi 3-4 kurslarida yoki magistraturaning 1-2-kurslarida tahsil olayotgan talabalarni vazirlikda yangi tashkil etilgan Davlat tashqi va ichki qarzi Departamentida amaliyot o’tash uchun taklif etadi:

Kredit liniyalarini jalb qilish va davlat kafolatlari boshqarmasi

 

  • 6 nafar

 

 

Davlat qarzi hisobini yuritish va xizmat ko’rsatish boshqarmasi

  • 8 nafar

 

Axborot-tahlil bo’limi

 

  • 2 nafar

 

 Tashqi moliyaviy bozorlar bo’limi                                   -   2 nafar

Amaliyotchilar kelgusida diplom olganlaridan so’ng, Moliya vazirligi tizimida Qonunda belgilangan tartibda doimiy ish bilan ta’minlanish imkoniyatiga ega bo’lishlari mumkin.

  1. QUYIDAGILAR NOMZODLARGA QO’YILADIGAN ASOSIY MALAKA TALABLARI HISOBLANADI.
  2. 1 Moliya va moliyani boshqarish, iqtisodiyot (makro/mikro), bank ishi, statistika, amaliy matematika yoki matematikaga ixtisoslashgan shunga yaqin yo’nalishlar bo’yicha bakalavriaturaning kunduzgi bo’limi so’nggi 3-4-kursi talabasi ekanligi to’g’risidagi ma’lumotnoma;
  3. 2 O’qish joyidan magistraturaning 1-2-kursida ta’lim olayotganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
  4. 3 O’zbek va ingliz tilini yaxshi darajada bilishi. Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi IELTS sertifikati egalariga imtiyoz beriladi;
  5. 4 MS Word, Excel, Power-Point va boshqa dasturlarda ishlay olish.

 

  1. SHAXSIY TALABLAR
  2. 1 Vatanparvarlik va mamlakat rivojiga hissa qo’shish xohishi;
  3. 2 Professional etiket, hamkasblarga hurmat bilan qarash;
  4. 3 Muomala madaniyati;
  5. 4 Jamoada ishlash qobiliyati.

 

  1. NOMZODLARNI TANLASH JARAYONI QUYIDAGI TARTIBDA AMALGA OSHIRILADI:

Tanlov jarayoni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 14 iyundagi 108-sonli “Kadrlar zaxirasini tashkillashtirish va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimiga xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi buyruq tartib-qoidalari asosida maxsus tuzilgan ishchi guruhi tomonidan 3 bosqichda amalga oshiriladi:

1-Bosqich: yuqoridagi talablarga javob beradigan nomzodlar o’zlarining ma’lumotnomalarini (CV) o’zbek va ingliz tillarida yozishlari va qisqacha nima uchun Moliya vazirligida amaliyot o’tash istagi hamda ular uchun ushbu amaliyot keyinchalik qanday yordam berishi haqida qisqacha insho yozib, 2019 yilning 5 iyuniga qadar Moliya vazirligining Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. va  Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron manziliga parallel ravishda jo’natishlari talab etiladi. 2019 yil 7 iyunga qadar ishchi guruh tomonidan nomzodlar o’rganib chiqiladi va talablarga javob bergan nomzodlar keyingi bosqichga o’tganliklari haqida Moliya vazirligining veb-sahifasida rasmiy e’lon beriladi.

2-Bosqich: 2019 yilning 10 iyun kuni 10-00 dan boshlab nomzodlar bilan suhbat bo’lib o’tadi.

3-Bosqich: Shu yilning 12 iyun kuni ishchi guruh yig’ilib, nomzodlarning kuchli va kuchsiz taraflarini muhokama qilib, kerakli nomzodlarni tanlaydilar va 3 kun muddatda tanlov natijalari to’g’risida ma’lumot beradilar.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 29 May 2019 17:35

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 486 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!