РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

BUXGALTER VA AUDITOR KASBINING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI MUHOKAMASIGA BAG’ISHLANGAN XALQARO FORUM

29
May 2019
263 marta ko'rildi

BUXGALTER VA AUDITOR KASBINING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI MUHOKAMASIGA BAG’ISHLANGAN XALQARO FORUM

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Evroosiyo mintaqasidagi Buxgalterlar xalqaro federatsiyasining (IFAC) a’zolari va a’zolikka nomzodlari uchun Moskva shahrida bo’lib o’tgan “Etika kodeksi buxgalter va auditor kasbining asosi sifatida: chaqiriqlar va imkoniyatlar” mavzusidagi Xalqaro konferensiyada va “Evroosiyo mintaqasidagi buxgalterlar va auditorlar professional tashkilotlarining rolini oshirish” mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etdi. 

Xalqaro konferensiyada buxgalteriya hisobi va audit sohasini tartibga soluvchi davlat organlari: Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vakillari, shuningdek Jahon banki, Buxgalterlar xalqaro federatsiyasi (IFAC) ekspertlari, MDH mamlakatlari buxgalterlar va auditorlarining professional jamoat tashkilotlari, ilmiy xodimlar va boshqalar ishtirok etdi. 

Konferensiyaning asosiy maqsadi bo’lib xalqaro standartlar asosida buxgalteriya hisobi va auditni rivojlantirishning kelgusi yo’nalishlarini aniqlash hisoblandi. 

Concrete

Konferensiyada IFACning Professional standartlari (IAASB, IESBA, IAESB, IPSASB) buyicha boshqaruvchi direktori Djeyms Gann (James Gunn) Audit va ishonchni ta’minlash xalqaro standartlari Kengashining (IAASB) oxirgi ishlanmalari haqida taqdimot qildi. Shuningdek,

Buxgalterlar uchun etikaning xalqaro standartlari Kengashi (IESBA) raisi Stavros Tomadakis (Dr. Stravros Thomadakis) korporativ moliyaviy hisobotlarni tayyorlashning samarali tizimida etikaning muhimligi, muammo va istiqbollari haqida ma’ruza qildi.

Davra suhbatida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O’zbekiston auditorlar palatasi va O’zbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi vakillari mamlakatimizda olib borilayotgan buxgalteriya hisobi va audit sahosidagi islohotlar amaliyoti buyicha chiqishlar qilishdi. 

Davra suhbati ishtirokchilari Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) va Auditning xalqaro standartlarini (AXS) joriy qilishda buxgalterlar va auditorlarning professional tashkilotlari rolini oshirish masalalarini, shuningdek professional tashkilotlarning IFAC a’zolarining majburiyatlari to’g’risidagi Nizom (SMO)da ko’rsatilgan eng yaxshi xalqaro amaliyotga muvofiqligi darajasini oshirish masalalarini muhokama qilishdi. 

IFACning sifat va rivojlanish buyicha katta texnik menejeri Mariya Chuvasheva quyidagi dolzarb mavzular bo’yicha prezentatsiya materiallarini taqdim qildi:

  • moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini jahonda va mintaqada joriy etish mavqei;
  • IFACning intellektual mulki bo’yicha talablarning sharhi;
  • standartlarni qabul qilish va joriy etish jarayonida kasblarning roli.

Taqdim qilingan ma’ruzalar va taqdimot materiallari natijalariga ko’ra, tadbir ishtirokchilari buxgalteriya hisobi va auditning milliy tizimini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishning (uyg’unlashtirishning) amaliy masalalarini muhokama qilishdi.
 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 29 May 2019 10:02

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 295 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd