РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI BO’SH ISH O’RINLARIGA TANLOV E’LON QILADI

28
May 2019
513 marta ko'rildi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI BO’SH ISH O’RINLARIGA TANLOV E’LON QILADI

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 maydagi PQ-4325-son “Davlat korxonalari va ustav kapitalida davlat ishtirok etayotgan tijorat banklarini restrukturizatsiya va isloh qilish chora-tadbirlari to’g’risida” qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hamda ushbu qaror bilan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasida tashkil etilgan “Davlat ishtirokidagi tijorat banklarini isloh qilishni muvofiqlashtirish boshqarmasi” tarkibidagi vakant lavozimlarga tanlov e’lon qilinadi.

DAVLAT ISHTIROKIDAGI TIJORAT BANKLARINI
ISLOH QILISHNI MUVOFIQLASHTIRISH
BOSHQARMASINING ASOSIY VAZIFALARI

1. Markaziy bank va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda xalqaro moliya tashkilotlarining ekspertlarini jalb etgan holda tijorat banklarida davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirib borishni nazarda tutib, ularni boshqarish, isloh qilish va samarali egalik qilishni ta’minlash bo’yicha takliflar ishlab chiqish.

2. Davlat ishtirokidagi tijorat banklarining raqobatbardoshligi, rentabelligi faoliyatining tijoratlashganligi holatini, shu jumladan ular tomonidan ko’rsatilayotgan xizmatlar ulushuning zamonaviy bozor sharoitlariga mos kelishi nuqtai nazaridan tahlil qilish, shuningdek, banklardagi korporativ boshqaruv tizimining samaradorligini baholash.

3. Davlat ishtirokidagi tijorat banklarini isloh qilish jarayonlarining samarali muvofiqlashtirilishini ta’minlash.

4. Markaziy bank va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda davlat ishtirokidagi tijorat banklarini xususiylashtirishdan oldin tayyorlash bilan bog’liq tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar hamda zarur tartib-taomillarni o’z vaqtida va to’la-to’kis amalga oshirish.

5. Davlat ishtirokidagi tijorat banklarini isloh qilish, shu jumladan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda ularning boshqaruvi tarkibiga yuqori malakali chet ellik mutaxassislarni faol jalb etish jarayonlari doirasida xorijiy va xalqaro institutlar bilan ishlarni samarali tashkil etish.

BARCHA NOMZODLARGA QO’YILADIGAN UMUMIY 
MALAKA VA SHAXSIY TALABLAR

1.    Moliya, iqtisodiyot, soliq va bank yo’nalishlarida oliy ma’lumotga ega bo’lishi (xorijiy va xalqaro oliy o’quv yurtlarida tahsil olgan nomzodlar rag’batlantiriladi);
2.    Ingliz va o’zbek tillarini mukammal bilish (IELTS sertifikatiga ega bo’lgan (kamida 6 ball) nomzodlar ma’qullanadilar);
3.    Kompyuter savodxonligi, jumladan Microsoft Word, Exsel va Power Point dasturlarini bilishi;
4.    Mehnatsevarlik va o’z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish;
5.    Professional etiket, hamkasblarga hurmat bilan qarash;
6.    Muomala va muzokara madaniyati;
7.    O’z fikr-mulohazalarini hamda takliflarini taqdim qila olish qobiliyati. 

BOSHQARMA BOSHLIG’I O’RINBOSARI – BO’LIMI BOSHLIG’I – 1 NAFAR

Nomzodga qo’yiladigan asosiy talab:
Iqtisodiyot (makro/mikroiqtisodiyot), moliya va bank sohalarida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo’lish.
Bo’limga rahbarlik qilish, bo’lim ish jarayonlarini muvofilashtirishning yangicha va samarali yondashuvlarini, xorij ilg’or tajribalarini qo’llagan holda ahborot-tahlil ishlarini tashkillashtirish, analitik va kreativ fikrlash qobiliyatiga ega bo’lish.
Bo’lim xodimlarini bir maqsad sari yo’naltira olish, o’z qarashlarini himoya qila olish va boshqaruv qarorlarini to’g’ri va tezkor qabul qila olish qobiliyatiga ega bo’lish.
Bo’lim xodimlarni tanlash va ishlab chiqarish jarayonini samarali boshqarish qobiliyatiga ega bo’lish. 
Boshqarma boshlig’i vaqtincha yo’q bo’lgan payitda boshqarma faoliyatiga rahbarlik qilish.

BO’LIM BOSHLIG’I – 1 NAFAR
Nomzodga qo’yiladigan asosiy talab:
Iqtisodiyot (makro/mikroiqtisodiyot), moliya va bank sohalarida kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo’lish.
Bo’limga rahbarlik qilish, bo’lim ish jarayonlarini muvofilashtirishning yangicha va samarali yondashuvlarini, xorij ilg’or tajribalarini qo’llagan holda ahborot-tahlil ishlarini tashkillashtirish, analitik va kreativ fikrlash qobiliyatiga ega bo’lish.
Bo’lim xodimlarini boshqara olish, o’z qarashlarini himoya qila olish va boshqaruv qarorlarini to’g’ri va tezkor qabul qila olish qobiliyatiga ega bo’lish.
Bo’lim xodimlarni tanlash va ishlab chiqarish jarayonini samarali boshqarish qobiliyatiga ega bo’lish. 

BO’LIM BOSHLIG’I O’RINBOSARI – 2 NAFAR
Nomzodga qo’yiladigan asosiy talab:
Iqtisodiyot (makroG’mikroiqtisodiyot), moliya va bank sohalarida kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo’lish.
Bo’lim ish faoliyatini monitoring qilish, bo’limda ijro intizomini ta’minlash, ahborot-tahlil ishlarini olib borish, analitik va kreativ fikrlash qobiliyatiga ega bo’lish.
Bo’lim xodimlariga rahbariyat topshiriqlarini taqsimlash ularni bajarilishini nazorat qilish, zarurat yuzasidan tezkor qarorlarini to’g’ri va o’z vaqtida qabul qila olish qobiliyatiga ega bo’lish.
Bo’lim boshlig’i vaqtincha yo’q bo’lgan payitda bo’lim faoliyatiga rahbarlik qilish.

BOSH MUTAXASSIS – 3 NAFAR
Nomzodga qo’yiladigan asosiy talab:
Iqtisodiyot (makroG’mikroiqtisodiyot), moliya va bank sohalarida kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo’lish.
Yangicha va samarali yondashuvlarini, xorij ilg’or tajribalarini qo’llagan holda ahborot-tahlil ishlarini olib borish, analitik va kreativ fikrlash qobiliyatiga ega bo’lish.

ETAKCHI MUTAXASSIS – 2 NAFAR
Nomzodga qo’yiladigan asosiy talab:
Iqtisodiyot (makro/mikroiqtisodiyot), moliya va bank sohalarida kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo’lish.
Yangicha va samarali yondashuvlarini, xorij ilg’or tajribalarini qo’llagan holda ahborot-tahlil ishlarini olib borish, analitik va kreativ fikrlash qobiliyatiga ega bo’lish.

 

XODIMLARNING OYLIK MAOSHI VA BOSHQA RAG’BATLANTIRUVCHI OMILLAR:

1. Yagona tarif setkasi bo’yicha mehnatga haq to’lash razryadlariga ko’ra xodimlarning oylik lavozim maoshlari, malakasi va ish tajribasiga asosan belgilanadi.
2. Jahon tajribasida keng tan olingan xorijiy investorlar va tashkilotlar bilan ishlash bo’yicha noyob tajribani o’zlashtirish.
3. Dunyoning turli ilg’or davlatlarida malaka oshirish.
4. Moliya vazirligi tomonidan taqdim etiladigan boshqa imkoniyat va rag’batlarga ega bo’lish.

 

NOMZODLARNI TANLASH JARAYONI TARTIB-QOIDASI:

Tanlov jarayoni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 14 iyundagi «Kadrlar zaxirasini tashkillashtirish va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimiga xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish to’g’risida»gi 108-sonli buyrug’ida tasdiqlangan tartib-qoidalar asosida maxsus tuzilgan ishchi guruhi tomonidan 3 bosqichda amalga oshiriladi.

1-bosqich: Yuqoridagi talablarga javob beradigan nomzodlar quyida keltirilgan elektron manzil orqali ingliz va o’zbek tillaridagi ma’lumotnomalarini (ob’ektivka-CV) topshirishlari lozim hamda qisqacha nima uchun shu lavozimda ishlash istagi borligi to’g’risida insho yozib joriy yilning 3 iyunga qadar Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron manziliga jo’natishlari (o’zbek va ingliz tillarida) zarurdir, 5 iyunga qadar ishchi guruhi tomonidan anketalar o’rganib chiqiladi va talabga javob bergan nomzodlarga keyingi bosqichga o’tganliklari to’g’risida habar beriladi.
2-bosqich: Joriy yilning 7 iyun kuni ikkinchi bosqichga o’tgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida o’zbek va ingliz tillarida Komissiya tomonidan suhbat o’tkaziladi. Suhbat natijasi ball tizimi bo’yicha baholanadi (eng yuqori 10, eng past 1 ball) bunda komissiyaning har bir a’zosi suhbat qilgan odamning har biriga ball qo’yib chiqadi. 
3-bosqich: Joriy yilning 10 iyun kuni Komissiya yig’ilib, 3-bosqichgacha etib kelgan nomzodlarning ballarini to’plab, har bir nomzodning kuchli va kuchsiz taraflarini muhokama qilib kerakli xodimlarni tanlaydilar va 3 kun muddatda nomzodlarga tanlov natijalari to’g’risida ma’lumot beriladi.

Barcha hujjatlarni Xodimlar bilan ishlash boshqarmasining kadrlar bo’limiga Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron manziliga yuborishingiz so’raladi.
Bog’lanish uchun (+99871) 239-17-01 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.


NOMZODLAR ANKETALARNI YUBORISHDA O’Z INSHOLARIDA
ALBATTA QAYSI BOSHQARMA VA BO’LIMDA HAMDA LAVOZIMDA ISHLASH ISTAKLARINI ANIQ KO’RSATIB O’TISHLARI LOZIM
AKS HOLDA ANKETALAR KO’RIB CHIQILMAYDI !!!

 

 

CVni ko'chirib olish  doc 16KB

(CV na’muna) MA’LUMOTNOMA (14 shrift)

 

RASM 3x4

Rabbimov G’anijon Shokirovich (14 shrift)

 

2012 yil 20 fevraldan

Sud departamenti Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi
sud qarorlarini ijro etish bo’limining etakchi inspektori
(11 shrift)

 

Tug’ilgan yili:

20.08.1985(11 shrift)

 

Tug’ilgan joyi:

Sirdaryo viloyati

Guliston shahri
(11 shrift)

 

Millati:

o’zbek(11 shrift)

 

 

Partiyaligi:

partiyasiz(11 shrift)

Ma’lumoti:

oliy(11 shrift)

 

Tamomlagan:

2006 y. Samarqand Davlat universitetini

(bakalavr) (11 shrift)

 

Ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi:
(11 shrift)

 

iqtisodchi
(11 shrift)

 

 

Ilmiy darajasi:

yo’q(11 shrift)

 

Ilmiy unvoni:

yo’q

(11 shrift)

 

Qaysi chet tillarini biladi (to’liq ko’rsatilishi lozim): rus tilini(11 shrift)

 

Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganmi (qanaqa):

yo’q(11 shrift)

 

Xalq deputatlari respublika, viloyat, shahar va tuman Kengashi deputatimi

yoki boshqa saylanadigan organlarning a’zosimi (to’liq ko’rsatilishi lozim):

yo’q(11 shrift)

 

MEHNAT  FAOLIYATI (14 shrift)

 

2002-2006 y.

-

Samarqand Davlat universiteti yuridik fakultetining talabasi(11 shrift)

2006-2008 y.

-

Sirdaryo viloyati Guliston tuman sud ijrochilari bo’linmasining sud ijrochisi(11 shrift)

2008-2010 y.

-

Sirdaryo viloyati Boyovut tuman sud ijrochilari bo’limining katta sud ijrochisi(11 shrift)

2010-2012 y.

-

Sud departamenti Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi sud qarorlarini ijro etish bo’limining inspektori(11 shrift)

2012 y.-h.q.

-

Sud departamenti Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi sud qarorlarini ijro etish bo’limining etakchi inspektori(11 shrift)

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 28 May 2019 17:33

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 337 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!