Print this page
24
May 2019
183 marta ko'rildi

“AUDITORLIK FAOLIYATI TO’G’RISIDA”GI QONUN TAKOMILLASHMOQDA

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 11 fevraldagi 113-son qarori bilan tasdiqlangan 2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturiga muvofiq “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi Qonun loyihasini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati 2019 yilning 1 iyuligicha belgilangan.

Qonun loyihasining asosiy ishlab chiquvchisi bo’lib O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hisoblanadi.

Qonun loyihasi kelib tushgan takliflarni hisobga olgan holda keng jamoatchilik muhokamasi uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ikki marta joylashtirildi (ID-1436 va ID-2401).

Qonun loyihasini yanada atroflicha muhokama qilish maqsadida uni Moliya vazirligining veb–saytiga (https:G’G’www.mf.uz) ham joylashtirildi. Bulardan tashqari, Qonun loyihasi bo’yicha professional muhokamani tashkil qilish maqsadida bevosita auditorlar, xalqaro auditorlik tashkilotlari, auditorlarning professional birlashmasi hisoblangan O’zbekiston Auditorlar palatasi, O’zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi hamda O’zbekiston buxgalterlar federatsiyasi vakillari ishtirokida qator seminarlar o’tkazildi.

Bugungi kunda Qonun loyihasi jamoatchilik va professional darajada o’tkazilgan muhokamalarda bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda qayta ishlanib Davlat soliq qo’mitasi, Markaziy bank, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsatsiyasi, Auditorlar palatasi, Iqtisodiy sud, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Monopoliyaga qarshi qo’mita, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuraturalar bilan kelishildi hamda huquqiy ekspertizadan o’tkazish uchun O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kiritildi. 

Qonun loyihasi eskirgan va havolaki normalarni qayta ko’rib chiqishga, to’g’ridan-to’g’ri amal qiladigan yangi normalarni kiritishga yo’naltirilgan bo’lib quyidagi vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan: 

  • auditorlik faoliyatini litsenziyalash bo’yicha ko’rsatiladigan davlat xizmatlarini soddalashtirish va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat beradigan litsenziyaning qog’oz shaklidan voz kechish;
  • auditorlik faoliyatini faqat auditning xalqaro standartlari asosida amalga oshirish;
  • Moliya vazirligi auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda auditorlik tashkilotlari ishi sifatini, ularning moliyaviy-xo’jalik faoliyatiga aralashmasdan tashqi sifat nazoratidan o’tkazish;
  • majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tadigan ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan tashkilotlar ro’yxatini shakllantirish;
  • auditorlar malakasini oshirishning amaliy tizimini yaratish;
  • manfaatlar to’qnashuvini oldini olishga qaratilgan auditorlarning kasb faoliyatiga tegishli ahloq qoidalariga rioya qilish;
  • auditning xalqaro standartlarini joriy etishda eng yaxshi jahon tajribasini qo’llash bo’yicha auditorlarning respublika jamoat birlashmalarining faoliyatini faollashtirish;
  • auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi normalarni yagona normativ-huquqiy hujjatda unifikatsiyalash tizimlashtirish.

Qonun loyihasining asosi bo’lib rivojlangan mamlakatlar tajribasini hisobga olgan holda, shuningdek auditni rivojlantirish bo’yicha to’plangan milliy tajriba asosida auditorlik faoliyatini tartibga solishni tizimlashtirish va maqbulligini ta’minlash hisoblanadi. 

Qonun loyihasi 51 moddadan (amaldagi qonun 29 moddadan) iborat bo’lib 8 bobga tizimlashtirilgan va auditorlik faoliyatini tartibga solishning sinalgan amaliy tamoyillariga asoslangan hamda ilg’or horij mamlakatlar tajribasidan (MDH Parlamentlararo Assambliyasi tomonidan 2015 yil 16 aprelda 42-12-son bilan tasdiqlangan “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi model qonuni, Evropa ittifoqi direktivalari, Sarbeynsa – Oksli qonuni va boshqalardan) foydalanildi.

Oxirgi o'zgartirish Juma, 24 May 2019 11:14
DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd