РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

XALQARO VA ICHKI DAVLAT QIMMATLI QOG’OZLARINING NARXLARI OSHISHNI DAVOM ETMOQDA

23
May 2019
534 marta ko'rildi

XALQARO VA ICHKI DAVLAT QIMMATLI QOG’OZLARINING NARXLARI OSHISHNI DAVOM ETMOQDA

Concrete

Joriy yilning aprel-may oylarida Davlat qimmatli qog’ozlarining narxlari tashqi va ichki moliya bozorlarida oshishni (foiz stavkalari mos ravishda pasayishni) davom etdi.

Xususan, O’zbekiston Respublikasining suveren xalqaro obligatsiyalari jahon moliya bozorlarida o’z nominal qiymatida yoki undan yuqori darajada (premiya bilan) savdo qilindi.

Jumladan, joriy yilning 21 may kuni respublikamizning 5 va 10 yillik suveren xalqaro obligatsiyalarining narxi ikkilamchi bozorda o’z nominal qiymatiga nisbatan 101,723 foiz va 102,025 foizni (daromadliligi 4,343 foiz va 5,107 foiz) tashkil etdi.

Qayd etish lozimki, ichki Davlat qimmatli qog’ozlarining narxlari ham mahalliy moliya bozorlarida o’z rekord ko’rsatkichlarini yangiladi. 

Xususan, 2019 yilning 22 may kuni 18 oy muddatli Davlat qimmatli qog’ozlarini birlamchi bozorda joylashtirish bo’yicha O’zbekiston Respublika valyuta birjasida o’tkazilgan elektron savdolari natijasida:

- Davlat qimmatli qog’ozlarining o’rtacha tortilgan daromadliligi 10,04 foizni (o’rtacha tortigan narxi o’z nominal qiymatiga nisbatan 106,45 foiz) tashkil etdi;
- auksion yakunida Davlat qimmatli qog’ozlarining sotib olish bo’yicha qabul qilingan buyurtmalar soni taklifga nisbatan 3 baravar ko’p bo’ldi. 

Ichki moliya bozorlaridagi savdo natijalari minimal riskka ega bo’lgan moliyaviy instrumentlarga talabning yuqori darajada ekanligini hamda moliya bozori ishtirokchilari tomonidan Davlat qimmatli qog’ozlari yuqori likvidli va ishonchli investitsiya instrumenti sifatida e’tirof etalayotganidan dalolat beradi.

Xalqaro va ichki investorlar tomonidan bildirilayotgan qiziqishning yuqori ekanligi va moliya bozorlari ishtirokchilarining ehtiyojidan kelib chiqib, kelgusida Davlat qimmatli qog’ozlarini emissiya qilishda ularning muddati va hajmi jihatdan diversifikatsiyalash amaliyoti Moliya vazirligi tomonidan davom ettiriladi.

Shu bilan birga, Davlat qimmatli qog’ozlarini chiqarish ichki davlat qarzini samarali boshqarishni ta’minlash vazifalari hamda moliya bozorlaridagi kon’yunkturadan kelib chiqib amalga oshiriladi va Markaziy bank bilan muvofiqlashtirib boriladi. 
 

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 23 May 2019 12:15

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 368 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!