Print this page
23
May 2019
4371 marta ko'rildi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2019 YIL 21 MAYDAGI PQ-4326-SONLI QARORIGA ASOSAN O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING BIRINCHI O’RINBOSARI LAVOZIMIGA ISHMETOV TIMUR AMINDJANOVICH TAYINLANDI

Concrete

Ishmetov T.A. 1979 yilda Toshkent shahrida tug’ilgan, millati o’zbek, ma’lumoti oliy. 2000 yilda Toshkent moliya institutini, 2005 yilda Buyuk Britaniyaning Birmingem universitetini, 2007 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Moliya va huquqshunos mutaxassisliklariga ega.

Tayinlovga qadar O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi o’rinbosari lavozimida samarali faoliyat ko’rsatib kelgan.

Ishmetov T.A. pul-kredit va soliq-byudjet siyosatining makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi rolini, xalqaro rezervlar va davlat aktivlari hamda investitsiyalarni boshqarishning asosiy tamoyillarini, shuningdek moliyaviy bozorlarni rivojlantirishning mohiyati va ahamiyatini yaxshi tushunadigan salohiyatli mutaxassis hisoblanadi. 

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 23 May 2019 12:04
DMC Firewall is a Joomla Security extension!