РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIGI – HUKUMAT VA INVESTOR O’RTASIDAGI KO’PRIK

21
May 2019
256 marta ko'rildi

DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIGI – HUKUMAT VA INVESTOR O’RTASIDAGI KO’PRIK

Concrete

2019 yilning 20 may kuni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xuzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tomonidan OAV vakillari uchun “Davlat-xususiy sherikligi – Hukumat va investor o’rtasidagi ko’prik” mavzusida brifing tashkil etildi. Unda joriy yilning 10 may kuni Prezident Sh.M.Mirzieev “Davlat-xususiy sheriklik to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining qonuni mazumun-mohiyati xususida jurnalistlarga batafsil ma’lumot berildi. Qayd etilagindek mazkur qonunni tayyorlashda va uni mukammal darajaga etkazishda respublikaning ko’pgina vazirlik va idoralari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a’zolari, OTB, ETTB, JB, XMK ekspertlari keng jamoatchilik ishtirok etdi. 

Xozirgi kunda respublikaga to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni jalb qilish va investitsion muxitni yaxshilash bo’yicha keng qamrovli islohotlar olib borilmoqda. Mazkur isloxotlar instutsional tiklanishga, zamonaviy qonunchilik asosini yaratishga va investorlar bilan loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan.

Shu o’rinda Davlat-xususiy sheriklikni xam tutgan o’rni juda muxim. Chunki Davlat-xususiy sheriklik orqali xususiy investitsiyalar kirib kelishi va ilg’or zamonaviy boshqaruv tajribasining joriy qilinishi orqali mamlakatdagi infratuzilma va Davlat xizmatlari sifati oshadi. Bunda moliyaviy resurslar xususiy sherik tomonidan ta’minlanadi va asosiy biznes xatarni xususiy sherik o’z zimmasiga oladi. Shu bilan birga 49 yillik shartnomalar juda ham murakkab va yuqori darajali mutaxassislarni jalb qilinishini talab qiladi.

Concrete

Osiyo taraqqiyot bankining hisob-kitoblariga asosan, O’zbekiston ishlab chiqarish va infratuzilmani rivojlantirishga har yili o’z YaIMning 7.4 foizi miqdorida (qariyb 3.6 mlrd. AQSh dollari) investitsiya kiritishi kerak. Transport, energetika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ichimlik suvi va sanitariya sohalariga ehtiyoj bor.

Ko’rinib turibdiki Davlat-xususiy sheriklik to’g’risidagi qonunchilik asosining mavjudligi jamiyat va iqtisodiyotimiz uchun juda muxim. Qonun qabul qilinishidan tashqari, undan kelib chiqadigan qonunchilik xujjatlarining ishlab chiqilishi va ularning ishlashi – ushbu sohada tizimni yaratish uchun zarur hisoblanadi.

Mazkur qonuning qabul qilinishi DXSh sohasiga qonuniy asosni yaratdi, bu esa o’z o’rinda respublikaga investorlar faolligini va ishonchini albatta oshirishga, xususiy sektorning moliyaviy va boshqa resurslarini jalb qilishiga olib keladi. Xozirgi kundagi eng asosiy vazifa bu DXSh tizimini yaratishdir. 

Qonunining o’ziga xos jixatlari:

• U to’g’ridan-to’g’ri amal qiluvchi xujjat hisoblanadi, demak O’zbekistonga DXSh yo’nalishi bo’yicha pul tikmoqchi bo’lgan investor uchun boshqa qonunosti xujjatlarni o’rganish zaruriyati kamayadi
• Qonun investorlarni himoya qilishga qaratilgan – xususan xujjatda xususiy sherik va kreditorlarni ximoya qilish bo’yicha alohida moddalar mavjud
• Qonun aholiga ko’rsatilayotgan davlat xizmatlari va jamoat infratuzilmasi sifatini yaxshilashga qaratilgan.
• Qonunda tomonlarning xukuk va majburiyatlarining oydinligi ta’minlandi
• Qonunda kichik loyihalar uchun bir boskichli tender mexanizmi mavjud
• Qonunda xususiy tashabbus orqali loyixalarni amalga oshirish mavjud 

DXSh loyixalarning aniklash mezonlari

1. Soxaning ustuvor yunalishlarida, davlat dasturida va strategik xujjatlarda aks ettirilishi 
2. Jamoat infrastrukturasi va davlat xizmatiga taaluqli
3. Sifat va operatsion samaradorlikni oshirishga zaruriyat
4. Xatarning asosiy qismi xususiy sektorga to’g’ri kelishi 
5. Sohaga investitsiya va xususiy sektor tajribasining kiritilishi.

Ma’lumot uchun: Davlat-xususiy sheriklik – bu xususiy investitsiyani jalb qilish hamda ilg’or boshqaruv tajribalarini joriy qilish, shuningdek davlat xizmatlari sifatini oshirish maqsadida tuzilgan uzoq muddatli o’zaro manfaatli shartnoma va bitimlardir. Shu bilan birga, tasdiqlangan loyihalarga ta’sir qiluvchi xavf-xatarlar to’g’ri taqsimlanadi va  xususiy sherik asosiy xavf-xatar va moliyalashtirishni  o’z zimmasiga oladi. Eng asosiysi, davlat ushbu loyihalarni tartibga solishda o’z vakolatlarini saqlab qoladi. Davlat-xususiy sheriklik loyihalarida davlat tomonidan qo’shiladigan hissa xususiy sherik majburiyatlari orqali qoplanadi. Bundan tashqari, tomonlarning majburiyatlari samaradorligi bo’yicha ko’rsatkichlar aniq belgilab qo’yiladi. An’anaviy shakldagi davlat-xususiy sherikligi – bu qurilish, moliyalashtirish, modernizatsiya, ekspluatatsiya va xizmat ko’rsatish uslublarini o’z ichiga qamrab oladi.
 

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 21 May 2019 15:39

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 334 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!