РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O'ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI TIZIMI XODIMLARI UCHUN “DAVLAT XARIDLARI” MAVZUSIDA SЕMINAR-TRЕNINGLAR TASHKIL ETILADI

16
May 2019
216 marta ko'rildi

O'ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI TIZIMI XODIMLARI UCHUN “DAVLAT XARIDLARI” MAVZUSIDA SЕMINAR-TRЕNINGLAR TASHKIL ETILADI

Concrete

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Davlat xaridlari mavzusida o'quv seminar-treninglarni tashkil etish va o'tkazish to'g'risida” 2019 yil 10 maydagi 71-son buyrug'iga asosan  joriy yilning 15 mayidan 26 iyuniga qadar respublikamizning barcha hududlarida Moliya vazirligi tizimi xodimlari uchun 20 soatga (3 kunlik) mo'ljallangan “Davlat xaridlari” mavzusida seminar-treninglar tashkil etish belgilangan.  

Ushbu seminar-trening Osiyo taraqqiyot bankining O'zbekiston Respublikasidagi vakilligi bilan hamkorlikda Moliya vazirligining malakali mutaxassislari, Moliya vazirligi huzuridagi O'quv markazining professor-o'qituvchilari va “O'zbekiston Respublikasi Tovar xom-ashyo birjasi” AJ vakillari  ishtirokida tashkil etilmoqda.  

Seminar-trening davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida buyurtmachilarning xarid tartib-taomillaridan samarali va unumli foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, aholini sifatli davlat xizmatlari bilan o'z vaqtida ta'minlash uchun zaruriy tovar, ish va xizmatlarni to'g'ri xarid qilish, ochiq va shaffof xarid jarayonini yanada rivojlantirish hamda xarid bo'yicha mutaxassislarda quyidagi bilim, malaka va ko'nikmalarni shakllantirishga qaratilgan:

• davlat xaridlarini amalga oshirishda asosiy tartib, tamoyil va mezonlarni belgilab beruvchi me'yoriy-huquqiy hujjatlarni chuqur va majmuaviy tahlil qila olish hamda amalda qo'llay olish;
• tovar, ish va xizmatlar xaridini amalga oshirish uchun zaruriy hujjatlarni ishlab chiqish va qo'llash ko'nikmalarini rivojlantirish; 
• xarid tartib-taomillarini amalga oshirishda Maxsus axborot portali imkoniyatlaridan to'liq va keng foydalana olish;
• tovar, ish va xizmatlar xaridini rejalashtirish va amalga oshirish funkciyalarini bajarish;
• xaridni amalga oshirishda shartnomalarni tuzish va bajarish tartib-qoidalari ko'nikmalarini rivojlantirish;
• elektron shaklda xarid qilish jarayoni va tartib-qoidalarini o'rganish;
• tanlov, tender, yagona etkazib beruvchi bilan amalga oshiriladigan davlat xaridlari va ularning tartibini tahlil qilish;
• xarid qilish tartib-taomillarini monitoring va nazorat qilish tartibi bilan tanishish;
• davlat xaridini amalga oshirish jarayonidagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo'nalishlari, xarid tizimini takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish ko'nikmalarini rivojlantirish;
• amaliy vaziyatlarda nazariy bilimlardan foydalanish.

Hududlarda tashkil etiladigan o'quv seminar-treninglar bo'yicha yangilik va ma'lumotlar taqdim etib boriladi.

Oxirgi o'zgartirish Juma, 17 May 2019 17:05

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir birgina mehmon va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd