РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

DAVLAT QIMMATLI QOG’OZLARINI BIRLAMCHI JOYLASHTIRISH YUZASIDAN O’TKAZILGAN ELEKTRON SAVDOLAR YAKUNI

16
May 2019
184 marta ko'rildi

DAVLAT QIMMATLI QOG’OZLARINI BIRLAMCHI JOYLASHTIRISH YUZASIDAN O’TKAZILGAN ELEKTRON SAVDOLAR YAKUNI

O’zbekiston Respublika Valyuta birjasida (O’zRVB) 2019 yil 8 va 15 may kunlari bir yillik Davlat qimmatli qog’ozlarini birlamchi joylashtirish yuzasidan o’tkazilgan elektron savdolar yakuni bo’yicha:

- bir yillik Davlat qimmatli qog’ozlarining o’rtacha tortilgan daromadliligi 10,47 %ni (obligatsiya narxi o’z nominal qiymatiga nisbatan 104,1%) tashkil etib, joriy yilning fevral-mart oylaridagi 12,94% - 14,94% darajasidagi benchmark yangilandi;

- auksionlar yakunida bir yillik Davlat qimmatli qog’ozlarining sotib olish bo’yicha qabul qilingan buyurtmalar soni taklifga nisbatan 5 baravar ko’p bo’ldi.

Xususan, 8 va 15 may kunlari o’tkazilgan auksionda 100 mlrd. so’m miqdoridagi obligatsiyalarni sotib olish uchun mos ravishda 504 mlrd.so’m va 479 mlrd. so’mga teng buyurtmalar kelib tushgan).

Davlat qimmatli qog’ozlariga bo’lgan talabning keskin oshishi va benchmarkning sezilarli darajada pasayishi moliya bozorlarida mazkur moliyaviy instrumentlarga talabning yuqoriligidan dalolat beradi hamda quyidagi omillar ta’siri bilan izohlanadi: 

Moliya bozori ishtirokchilari tomonidan Davlat qimmatli qog’ozlariga minimal riskga ega bo’lgan yuqori likvidli investitsiya instrumenti sifatida ishonchining mustahkamlanishi.

Masofaviy avtomatlashtirilgan tizim orqali elektron savdolarning o’tkazilishi natijasida real raqobat muhitining shakllanishi hamda obligatsiya bahosini aniqlashda bozor mexanizmlari o’rnining yanada mustahkamlanishi.

O’tgan oylarga nisbatan bank tizimidagi likvidlikning sezilarli darajada yaxshilanishi, o’z navbatida, moliyaviy bozorlardagi holatga ijobiy ta’sir ko’rsatdi va Davlat qimmatli qog’ozlariga bo’lgan talabni oshirdi.

Ichki davlat qarzini samarali boshqarish va mahalliy moliya bozorlarini rivojlantirish maqsadida, kelgusida Davlat qimmatbaho qog’ozlarining chiqarilishi moliya bozorlaridagi real vaziyatni inobatga olgan holda amalga oshiriladi. Bunda moliya bozorlarida muddati va hajmi jihatdan diversifikatsiyalangan milliy valyutadagi moliya instrumentlariga yuqori talab mavjudligiga alohida ahamiyat qaratiladi.

Davlat qimmatbaho qog’ozlari muddati va hajmlarini diversifikatsiyalash yangi bozor ishtirokchilarini jalb etish hamda davlat qimmatli qog’ozlari bo’yicha daromad chizig’ini (benchmark) shakllantirish uchun zamin yaratadi. O’z navbatida, benchmark o’rta va uzoq muddatli makroiqtisodiy kutilma va risklarni to’g’ri baholash imkoniyatini beradi. 

Shu o’rinda qayd etish lozimki, xalqaro investorlar tomonidan milliy valyutadagi Davlat qimmatli qog’ozlarini sotib olishga bo’lgan yuqori qiziqish ushbu moliyaviy bozor segmentining o’sishi uchun katta salohiyat mavjudligidan dalolat beradi.

Bank tizimidagi likvidlikning oy davomidagi sezilarli darajadagi mavsumiy o’zgaruvchanligini inobatga olib, Davlat qimmatli qog’ozlari chiqarish jarayonida kelgusida ham Markaziy bank bilan yaqin hamkorlikda amalga oshiriladi. Mazkur amaliyot, o’z navbatida, ichki davlat qarzining samarali boshqarish bilan birga pul-kredit siyosatining ta’sirchanligini saqlab turishga xizmat qiladi. 

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 16 May 2019 11:55

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Yanvar 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31    

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 574 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!