РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

IJTIMOIY SOHAGA BAG’ISHLANGAN XALQARO FORUM O’Z ISHINI BOSHLADI

14
May 2019
278 marta ko'rildi

IJTIMOIY SOHAGA BAG’ISHLANGAN XALQARO FORUM O’Z ISHINI BOSHLADI

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi vakillari, jumladan, jamg’arma ijro etuvchi direktorining birinchi o'rinbosari Tleuov Medet va boshqa bir qator mutaxassislar Xalqaro ijtimoiy xavfsizlik assotsiatsiyasi Bosh kotibi Marselo Аbi-Ramia Kaetano taklifiga binoan Baku shahrida bo’lib o’tayotgan “Yevropa mintaqaviy ijtimoiy himoya” mavzusidagi xalqaro forumda ishtirok etishmoqda.

Tadbirning birinchi kunida ijtimoiy himoya sohasida mavjud muammolarni bartaraf etish va ularning yechimlari bo’yicha masalalar ko’rib chiqilmoqda. Xususan, Ozarbayjon Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi huzuridagi Ijtimoiy himoya davlat jamg’armasi raisi G.Mamishov o’z ma'ruzasida Ozarbayjon Respublikasida aholini ijtimoiy himoya qilishning o’ziga xos xususiyatlari, sohada erishilayotgan yutuqlar va tizimning asosiy vazifalari to’g’risida ma'lumot berib o’tdi.

Concrete

Xalqaro ijtimoiy ta'minot assotsiatsiyasi prezidenti Y.Broyer esa o’z ma'ruzasida Yevropa ijtimoiy himoya tizimidagi dolzarb vazifalar, shuningdek, ijtimoiy himoya institutlari uchun innovatsion rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish hamda shu asosda kelgusidagi ijtimoiy himoya tizimini shakllantirish lozimligini ta'kidladi.

Xalqaro forum o’z ishini davom ettirmoqda.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 14 May 2019 16:46

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Yanvar 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31    

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 513 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!