РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

13
May 2019
472 marta ko'rildi

PRESS-RELIZ

Concrete

2019 yil 10 may kuni Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi rahbariyati Jaxon banki vakillari bilan yo’l - transport sohasida Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Muloqotlarda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan Respublika iqtisodiyotiga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo’yicha keng ko’lamdagi islohatlar amalga oshirilayotgani, buning natijasida ijtimoiy-ifqtisodiy sohalarda istiqbolli loyihalar xayotga samarali joriy etilayotgani takidlandi. 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika iqtisodiyotiga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga asosan Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirsh agentligi tomonidan 2019 yilda ishlab chiqilishi lozim bo’lgan loyihalar tasdiqlangan. Xozirgi kunda umumiy qiymati 2 mlrd AQSh dollari bo’lgan 10 dan ko’p loyiha ustida ish olib borilmoqda. 

Concrete

Yo’l-transport tizimida ham keng ko’lamli ishlar boshlangan Jaxon banki bilan xamkorlikda Toshkent-Andijon yangi pullik yo’lini qurish bo’yicha loyiha tayyorlanmoqda. Mazkur loyihani amalga oshirish uchun Jaxon bankining GIF (Global Infrastructre Facility) jamg’armasi tomonidan izlanish granti taqdim qilingan. Joriy yilning 10-16 may kunlari Jaxon banki vakilaridan iborat yo’l qurilish bo’yicha ekspertlari O’zbekistonda kelib, tegishli vazirliklarda uchrashuvlar o’tkazadi. Shuningdek ushbu ekspertlar Toshkent, Namangan, Farg’ona va Andijon viloyatlariga borib  mo’ljallanayotgan magistral yo’lini o’rganishadi. 

Muloqotlarda Jaxon banki hamda Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi vakillari yo’l-transport sohasida Davlat-xususiy sherikligi dasturini muhokama qilishdi. Loyihalarni ishga tushirish uchun zarur bo’ladigan ma’lumotlar, izlanishlar va taxlillar, hamda qo’llanilishi mumkin bo’lgan davlat-xususiy sheriklik tiplari xaqida gaplashildi. Uchrashuvda qayd etilganidek ushbu loyihalarning amalga oshirilishi xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish bilan birga, iqtisodiyotni o’sishiga kuchli turtki bo’ladi. Ya’ni aeroportlar kengaygan sari-yo’lovchi hajmi ortadi. Bu ko’p sonli turist va katta valyuta daromad manbai degani. Bundan tashqari yo’llarning qurilishi- hududiy savdo aylanmasining oshishiga, tadbirkor uchun vaqt va xarajatlarning kamayishiga olib kelishi mumkin.     Davlat rahbarining qarori hamda qabul qilinishi kutilayotgan “Davlat-xususiy sheriklik to’g’risida”gi qonun asosida amalga oshirladigan  loyihalar O’zbekistonning sarmoyaviy jozibadorligini oshirib, xorijiy investorlar uchun yangi investitsion bozorlarni kashf qilishga ko’maklashadi.

Ma’lumot uchun: Davlat-xususiy sheriklik – bu xususiy investitsiyani jalb qilish hamda ilg’or boshqaruv tajribalarini joriy qilish, shuningdek davlat xizmatlari sifatini oshirish maqsadida tuzilgan uzoq muddatli o’zaro manfaatli shartnoma va bitimlardir. Shu bilan birga, tasdiqlangan loyihalarga ta’sir qiluvchi xavf-xatarlar to’g’ri taqsimlanadi va  xususiy sherik asosiy xavf-xatar va moliyalashtirishni  o’z zimmasiga oladi. Eng asosiysi, davlat ushbu loyihalarni tartibga solishda o’z vakolatlarini saqlab qoladi. Davlat-xususiy sheriklik loyihalarida davlat tomonidan qo’shiladigan hissa xususiy sherik majburiyatlari orqali qoplanadi. Bundan tashqari, tomonlarning majburiyatlari samaradorligi bo’yicha ko’rsatkichlar aniq belgilab qo’yiladi. An’anaviy shakldagi davlat-xususiy sherikligi – bu qurilish, moliyalashtirish, modernizatsiya, ekspluatatsiya va xizmat ko’rsatish uslublarini o’z ichiga qamrab oladi.

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 13 May 2019 12:42

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Yanvar 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31    

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 278 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!