Print this page
08
May 2019
411 marta ko'rildi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI 9-MAY “XOTIRA VA QADRLASH KUNI” MUNOSABATI BILAN NAFAQADA BO’LGAN XODIMLARNI BAYRAM BILAN TABRIKLASHDI

Concrete

Xotira va qadrlash tushunchasi chuqur ma’noga egadir. Xotira-kechagi o’tmishni, ajdodlar o’gitini, milliy merosimizni anglatib tursa, qadr-insonni yuksaklikka ko’taradi.

Mamlakatimizda 9-may “Xotira va qadrlash kuni” keng miqyosda nishonlanadi. Ushbu bayram mustaqil O’zbekistonda asrlar davomida qaxramona himoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalqining tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga bag’ishlangan. Ushbu kun munosabati bilan mamlakatimizda mana bir necha kundan buyon turli tadbirlar, uchrashuvlar o’tkazilib, keksalar holidan  xabar olinib, hamda o’tganlar xotirasi yod etilmoqda.

Concrete

Bayram munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xodimlari va yoshlar Yetakchilari Moliya vazirligida ishlab, bugungi kunda nafaqada bo’lgan xodimlar holidan habar olib, ularga vazirlikning esdalik sovg’alarini topshirishdi. 
 

Concrete

Otaxon va onaxonlarimiz bundan minnatdor bo’lib, ko’llarini duoga ochib, bugungi tinchligimiz va mustaqilligimiz uchun duolar qilishdi.

 

Concrete

Oxirgi o'zgartirish Juma, 10 May 2019 17:06
DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd