РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O’ZBEKISTON YOSHLAR ITTIFOQINING O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGIDAGI YETAKCHILAR KENGASHI TOMONIDAN 9-MAY “XOTIRA VA QADRLASH KUNI”, UMUMXALQ BAYRAMI MUNOSABATI BILAN “AJDODLARNI XOTIRLASH-MUQADDAS QADRIYAT” SHIORI OSTIDA TADBIR O’TKAZILDI

07
May 2019
721 marta ko'rildi

O’ZBEKISTON YOSHLAR ITTIFOQINING O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGIDAGI YETAKCHILAR KENGASHI TOMONIDAN 9-MAY “XOTIRA VA QADRLASH KUNI”, UMUMXALQ BAYRAMI MUNOSABATI BILAN “AJDODLARNI XOTIRLASH-MUQADDAS QADRIYAT” SHIORI OSTIDA TADBIR O’TKAZILDI

Concrete

Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg‘usi bilan barhayotdir. Xotira – kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Qadr – insonni yuksaklikka ko‘taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bag‘ishlaydi.   Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e’zozlash – odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag‘rikeng va olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir.             

Mamlakatimizda 9-may umumxalq bayrami – Xotira va Qadrlash kunini, Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisi, front orti mehnat faxriylari hamda mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xotirasi oldida hurmat bajo keltirish, yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik, insoniylik, bag‘rikenglik va xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodni milliy an’analarimizga sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirish hamda bu muqaddas ayyomni yuksak saviyada nishonlash maqsadida juda ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda. Buning birgina misolini yaqinda  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4298-sonli qarori imzolanib, ushbu kunni ko’tarinki ruhda o’tkazish, xalqimiz ayniqsa yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun joylarda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar o’tkazilayotganida ko’rishimiz mumkin.

Concrete

Shunga muvofiq O’zbekiston yoshlar ittifoqining O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidagi Yetakchilar kengashi tomonidan ham yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yosh xodimlar o’rtasida ma’naviy-axloqiy muhitni yanada kuchaytirish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida Moliya  vazirligi yosh xodimlari uchun 2019 yilning 7 may kuni Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi faollar zalida “Ajdodlarni xotirlash-muqaddas qadriyat” shiori ostida taniqli fan, ta’lim va madaniyat namoyondalari ishtirokida tadbir tashkil etildi.

Concrete

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mita raisi o’rinbosari Nuriymon Abulhasan, O’zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Obiddin Mahmudovlar ishtirok etishdi.

Bunday tadbirlarning o’tkazilishi xalqimiz ongi shuuriga tobora chuqurroq singib borayotgan bu boqiy qadriyat qalblarga yorug‘lik olib kirishi bilan bir qatorda yosh avlodni vatanparvarlik, insonparvarlik ruhida tarbiyalashda, ma’naviyatimizni yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, xotira aziz, qadr muqaddasdir!

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 08 May 2019 10:08

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 906 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!