РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

MASOFADAN O’TKAZILAYOTGAN O’RGANISHLAR NATIJASIDA ANIQLANAYOTGAN HOLATLAR

02
May 2019
176 marta ko'rildi

MASOFADAN O’TKAZILAYOTGAN O’RGANISHLAR NATIJASIDA ANIQLANAYOTGAN HOLATLAR

Qoraqalpog’iston Respublikasi, Nukus shaharda yashovchi fuqaro T.E.ga ilk bor 1994 yil 18 martdagi nogironlik pensiya tayinlashni so’rab yozgan arizasi va TMEK tomonidan berilgan nogironlik ma’lumotnomasiga asosan Nukus shahar sobiq Ijtimoiy ta’minot bo’limi tomonidan 2-guruh nogironlik pensiyasi tayinlangan va 2018 yil 30 noyabriga qadar to’lovi amalga oshirib kelingan.

Mazkur holatlar o’rganish jarayonida fuqaro T.E. ikkita fuqarolik pasporti mavjudligi natijasida ikki joydan pensiya olib kelganligi aniqlandi.

Jumladan, Nukus shahar sobiq Ijtimoiy ta’minot bo’limi tomonidan nogironlik pensiyasi tayinlangan bo’lsada, 2004 yil 27 mayda Nukus tumani hududiga doimiy yashash uchun ro’yhatga olingan yangi pasporti (ikkinchi pasport) va 2004 yil 23 iyunda TMEK tomonidan berilgan nogironlik ma’lumotnomasi hamda boshqa hududdan pensiya olishi to’g’risida ma’lum qilmasdan, Nukus tuman sobiq Ijtimoiy ta’minot bo’limiga yozgan arizasiga asosan pensiya tayinlanib, 2009 yil 30 sentyabrga qadar noto’g’ri to’lovlar amalga oshirilgan.

Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq, davlat pensiyalarining bir necha xillarini olish huquqiga ega bo’lgan fuqarolarga ularning o’zlari tanlagan bitta pensiya tayinlanadi. 

Biroq, Fuqaro noqonuniy ravishda (ikkita pasportiga asosan) pensiya tayinlanishi oqibatida noto’g’ri pensiya to’lovi amalga oshirilgan.

Natijada fuqaro T.E. ikkita pasport bilan ikkita xudud orqali to’lanishi oqibatida jami 14,3 mln. so’m ortiqcha to’lovlar sarflanganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan huquqiy baho berish uchun materiallar huquqni muhofaza qilish idorasiga o’tkazilgan.
 

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 02 May 2019 16:41

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Fevral 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
          1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29  

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 494 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!