РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

DAVLAT BYUDJETI PUL MABLAG’LARINI KASSALI REJALASHTIRISH BO’YICHA MOLIYA VAZIRILIGI G’AZNACHILIGIDA SEMINAR O’TKAZILDI

29
Apr 2019
450 marta ko'rildi

DAVLAT BYUDJETI PUL MABLAG’LARINI KASSALI REJALASHTIRISH BO’YICHA MOLIYA VAZIRILIGI G’AZNACHILIGIDA SEMINAR O’TKAZILDI

Concrete

Joriy yilning 25 aprelda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligida byudjet tashkilotlarining tegishli mutaxassislari uchun “O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti pul mablag’larini kassali rejalashtirish va boshqarishni amalga oshirish” mavzusida seminar o’tkazildi.

Seminar ishtirokchilariga xarajatlarni kassali rejalashtirishda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 29 avgustdagi 245-son qarorining talablaridan kelib chiqib, xarajatlar ketma-ketligini rejalashtirilishini 
va “O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti pul mablag’larini kassali rejalashtirish va boshqarishni amalga oshirish bo’yicha hujjat shakllari va ularni taqdim qilish tartibi to’g’risida”gi yo’riqnomani (ro’yxat raqami 3009, 11.05.2018 y.) amalda qo’llash tushuntirildi.

Concrete

Seminar davomida byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag’ oluvchilarning mutaxassislari tomonidan berilgan savollarga Moliya vazirligi G’aznachiligi xodimlari tomonidan to’liq javob berildi hamda takliflarini inobatga olinishi 
va ta’minlanishiga erishish uchun barcha ishlar amalga oshirilishi ta’kidlab o’tildi.

Davlat byudjeti pul mablag’larini kassali rejalashtirishdan maqsad - zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llagan holda byudjet tashkilotlari “UzASBO” Dasturiy majmuasi orqali xarajatlar prognozini Moliya vazirligining Davlat moliyasini boshqarish axborot tizimi dasturiga elektron hujjat ko’rinishida yuborish va natijada byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlarini o’z vaqtida amalga oshirilishini (moliyalashtirilishini) ta’minlash va kassa uzilishini oldini olishga erishishdir.

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 29 Aprel 2019 10:27

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Yanvar 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31    

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 678 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!