РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

XARAJATLAR PROGNOZINI “UZASBO” DASTURIY MAJMUI ORQALI G’AZNACHILIKKA ELEKTRON YUBORILISHINI TO’LIQ AVTOMATLASHTIRILISHI BO’YICHA TOSHKENT VILOYATIDA SEMINAR DAVOM ETMOQDA

26
Apr 2019
399 marta ko'rildi

XARAJATLAR PROGNOZINI “UZASBO” DASTURIY MAJMUI ORQALI G’AZNACHILIKKA ELEKTRON YUBORILISHINI TO’LIQ AVTOMATLASHTIRILISHI BO’YICHA TOSHKENT VILOYATIDA SEMINAR DAVOM ETMOQDA

Concrete

“O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti pul mablag’larini kassali rejalashtirish va boshqarishni amalga oshirish bo’yicha hujjat shakllari va ularni taqdim qilish tartibi to’g’risida”gi yo’riqnoma (ro’yxat raqami 3009, 11.05.2018 y.) talablari ijrosini ta’minlashda zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llagan holda byudjet tashkilotlari “UzASBO” DM orqali xarajatlar prognozini Moliya vazirligining Davlat moliyasini boshqarish axborot tizimi dasturiga elektron hujjat ko’rinishida yuborish bo’yicha

2019 yil 25 aprelda Moliya vazirligi G’aznachiligi xodimlari ishtirokida Toshkent viloyati G’aznachilik boshqarmasi hamda Yangiyo’l, Toshkent, Zangiota, Chinoz, Bustonliq tumanlari, Chirchiq va Yangiyo’l shaharlar G’aznachilik bo’linmalari va byudjet tashkilotlarining ma’sul xodimlariga yig’ilish seminari o’tkazildi.

Concrete

Seminar ishtirokchilariga Xarajatlarni kassali rejalashtirishda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 29 avgustdagi 245-son qarorining talablaridan kelib chiqib, xarajatlar ketma-ketligini rejalashtirilishini to’liq nazoratga olinishi ta’minlanishi bo’yicha alohida ta’kidlandi.

Bunda byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlari o’z vaqtida ta’minlanishi va kassa uzilishini oldini olishga erishilishi aytib o’tildi.

Seminar davomida yuqoridagi tuman (shahar) G’aznachilik bo’linmalari hamda byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag’ oluvchilarning mutaxassislari tomonidan berilgan savollarga Moliya vazirligi G’aznachiligi xodimlari tomonidan to’liq javob berildi hamda takliflarini inobatga olinishi va ta’minlanishiga erishish uchun barcha ishlar amalga oshirilishi ta’kidlab o’tildi.
 

Oxirgi o'zgartirish Juma, 26 Aprel 2019 16:15

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Aprel 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 356 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!