Print this page
24
Apr 2019
327 marta ko'rildi

XARAJATLAR PROGNOZINI G’AZNACHILIKKA ELEKTRON YUBORILISHINI TO’LIQ AVTOMATLASHTIRILISHI BO’YICHA MOLIYA VAZIRLIGI G’AZNACHILIGI XODIMLARI TOMONIDAN TOSHKENT VILOYATIDA SEMINARLAR O’TKAZILMOQDA

Concrete

“O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti pul mablag’larini kassali rejalashtirish va boshqarishni amalga oshirish bo’yicha hujjat shakllari va ularni taqdim qilish tartibi to’g’risida”gi yo’riqnoma (ro’yxat raqami 3009, 11.05.2018 y.) talablari ijrosini ta’minlashda zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llagan holda byudjet tashkilotlari “UzASBO” Dasturiy majmuasi orqali xarajatlar prognozini G’aznachilikga elektron hujjat ko’rinishida yuborish bo’yicha joriy yilning 23 aprelda Moliya vazirligi G’aznachiligi xodimlari ishtirokida Toshkent viloyati G’aznachilik bo’linmalari va byudjet tashkilotlarining ma’sul xodimlariga yig’ilish seminari o’tkazdi.

Seminardan asosiy maqsad bugungi kundagi yuzaga kelayotgan mavjud muammolar eshitildi va ularning echimi bo’yicha amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar haqida gapirildi.

Concrete

Byudjet tashkilotlari xarajatlarining prognozini avtomatlashtirilgan tizim orqali amalga oshirish va uning elektron almashinuvi o’z navbatida birinchi darajali, ya’ni Ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lov xarajatlarini uzliksiz moliyalashtirishga imkon yaratadi.

Seminar davomida Toshkent viloyati G’aznachilik bo’linmalari va byudjet tashkilotlarining mutaxassislari tomonidan berilgan bir qancha savollarga Moliya vazirligi G’aznachiligi xodimlari tomonidan to’liq javob berildi.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 24 Aprel 2019 11:44
DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd