Print this page
12
Apr 2019
393 marta ko'rildi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI BO’SH ISH O’RINLARIGA TANLOV E’LON QILADI

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 martdagi PF-5687-son “Xalqaro reyting va indekslarda O’zbekiston Respublikasining o’rnini yaxshilashga oid chora-tadbirlarni tizimlashtirish to’g’risida”gi farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida hamda ushbu Farmon bilan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasida tashkil etilgan “Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash” boshqarmasining quyidagi vakant lavozimlariga tanlov e’lon qilinadi:

  1. BO’LIM BOSHLIG’INING O’RINBOSARI – 1 NAFAR

Nomzodga qo’yiladigan asosiy talab va vazifalar

Talablar:

1. Iqtisodiyot (makro/mikroiqtisodiyot), moliya, statistika va yurisprudentsiya sohalarida kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo’lish.

2. Kompyuter savodxonligi bo’yicha – Word, Excel, Power Point dasturlarida professional darajada ishlay olish.

Vazifalar:

1. Xalqaro reyting va indekslarni e’lon qilib boruvchi tashkilot va institutlar bilan reyting metodologiyalarini hamda davlatlarni baholash mezonlarini o’rganish bo’yicha yaqindan hamkorlik qilish.

2. Vazirlik va idoralarga ular biriktirilgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatimiz nufuzini yanada yaxshilash bo’yicha uslubiy va konsultativ yordam ko’rsatib borish.

3. Moliya vazirligining vakolatli boshqarmalari hamda boshqa vazirlik va idoralar bilan xalqaro reyting va indekslarga oid statistik, makro-iqtisodiy va xuquqiy ma’lumotlar hamda tahlillarni olish va tayyorlashda yaqindan hamkorlik qilish.

4. Katta hajmdagi ma’lumotlarni qisqa muddatda yig’ish, vazirlik va idoralar hamda chet el tashkilotlari bilan uzluksiz aloqada bo’lish.

5. Xalqaro reyting agentliklari va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari doirasida ingliz tilida prezentatsiya taqdimotlari va tahliliy ma’lumotlar tayyorlash.

6. Reyting agentliklari va xalqaro tashkilotlar bilan o’tkaziladigan xalqaro va mahalliy uchrashuvlarda, forum, konferentsiya va taqdimotlarda ishtirok etish.

7. Bo’limning boshqa xodimlari malakasini oshirish, ularning samarali va natijaviy faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirish hamda jamoaviy ish olib borish va boshqa masalalarda bo’lim boshlig’iga ko’maklashib borish.
 

  1. BOSHQARMA ETAKCHI IQTISODCHISI – 2 NAFAR

Nomzodlarga qo’yiladigan asosiy talab va vazifalar

Talablar:

1. Iqtisodiyot (makroG’mikroiqtisodiyot), moliya, statistika va yurisprudentsiya sohalarida ish tajribasiga ega bo’lish;

2. Kompyuter savodxonligi bo’yicha – Word, Excel, Power Point dasturlarida ishlay olish.

Vazifalar:

1. Moliya vazirligining vakolatli boshqarmalari hamda boshqa vazirlik va idoralar bilan xalqaro reytinglarga oid statistik, makro-iqtisodiy va xuquqiy ma’lumotlar va tahlillarni olish va tayyorlashda qatnashish;

2. Xalqaro reyting agentliklari va xorijiy tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlik aloqalari doirasida ingliz tilida prezentatsiya taqdimotlari va tahliliy ma’lumotlar tayyorlashda qatnashish;

3. Reyting agentliklari va xalqaro tashkilotlar bilan o’tkaziladigan xalqaro va mahalliy uchrashuvlarda, forum, konferentsiya va taqdimotlarda ishtirok etish;

4. Katta hajmdagi ma’lumotlarni qisqa muddatda yig’ish va umumlashtirish, Muvofiqlashtirish kommisiyasi yig’ilishlari uchun axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;

5. Muvofiqlashtirish kommissiyasi yig’ilishlarida qatnashish hamda vazirlik va idoralarga komissiya tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish.

6. Xalqaro reyting va indekslar bo’yicha xalqaro anjuman, konferentsiya va forumlar tashkillashtirish yuzasidan tashkiliy ishlarni olib borish.
 

  1. BARCHA NOMZODLARGA QO’YILADIGAN UMUMIY MALAKA VA SHAXSIY TALABLAR:

1. O’z yo’nalishlari bo’yicha jumladan, xalqaro huquq, iqtisodiyot va moliya yo’nalishlarida oliy ma’lumotga ega bo’lishi (xorijiy va xalqaro oliy o’quv yurtlarida tahsil olgan nomzodlarga ijobiy qaraladi).

2. Ingliz va o’zbek tillarini mukammal bilish  (Ingliz tilida IELTS sertifikatiga ega bo’lgan (kamida 6 ball) nomzodlar ma’qullanadilar).

4. Vatanparvarlik, sodiqlik.

5. Professional etiket, hamkasblarga hurmat bilan qarash.

6. Muomala madaniyati.

7. Jamoada ishlash qobiliyati.

 

  1. XODIMLARNING OYLIK MAOSHI VA BOSHQA RAG’BATLANTIRUVCHI OMILLAR:

1. Yagona tarif setkasi bo’yicha mehnatga haq to’lash razryadlariga ko’ra xodimlarning oylik lavozim maoshlari, malakasi va ish tajribasiga asosan belgilanadi.

2. Jahon tajribasida keng tan olingan xalqaro reytinglar va xorijiy tashkilotlar bilan ishlash bo’yicha noyob tajribani o’zlashtirish.

3. Dunyoning turli ilg’or davlatlarida malaka oshirish.

4. Moliya vazirligi tomonidan taqdim etiladigan boshqa imkoniyat va rag’batlarga ega bo’lish.

 

  1. NOMZODLARNI TANLASH JARAYONI TARTIB-QOIDASI:

Tanlov jarayoni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 14 iyundagi «Kadrlar zaxirasini tashkillashtirish va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimiga xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish to’g’risida»gi 108-sonli buyrug’ida tasdiqlangan tartib-qoidalar asosida maxsus tuzilgan ishchi guruhi tomonidan 3 bosqichda amalga oshiriladi.

1-bosqich: Yuqoridagi talablarga javob beradigan nomzodlar quyida keltirilgan elektron manzil orqali ingliz va o’zbek tillaridagi ma’lumotnomalarini (CV) topshirishlari lozim hamda qisqacha nima uchun shu lavozimda ishlash istagi borligi to’g’risida insho yozib joriy yilning 16 apreliga qadar jo’natishlari (o’zbek va ingliz tillarida) zarurdir (CV namunasi ilova qilinadi). 18 aprelga qadar ishchi guruhi tomonidan CV va yozilgan insholar o’rganib chiqiladi va talablarga javob bergan nomzodlar keyingi bosqichga o’tganliklari to’g’risida habar beriladi.

2-bosqich: Joriy yilning 22 aprel kuni ikkinchi bosqichga o’tgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida o’zbek va ingliz tillarida suhbat o’tkaziladi. Suhbat natijasi ball tizimi bo’yicha baholanadi (eng yuqori 10, eng past 1 ball) bunda ishchi guruhning har bir a’zosi suhbat qilgan odamning har biriga ball qo’yib chiqadi.

3-bosqich: Joriy yilning 23 aprel kuni ishchi guruh yig’ilib, shu bosqichgacha etib kelgan nomzodlarning ballarini to’plab, har bir nomzodning kuchli va kuchsiz taraflarini muhokama qilib kerakli xodimlarni tanlaydilar va 3 kun muddatda nomzodlarga tanlov natijalari to’g’risida ma’lumot beriladi.

Barcha hujjatlarni Xodimlar bilan ishlash boshqarmasining kadrlar bo’limiga Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron manziliga yuborishingiz so’raladi.

Bog’lanish uchun (+99871) 239-17-01 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 16 Aprel 2019 14:36
Our website is protected by DMC Firewall!