Print this page
11
Apr 2019
471 marta ko'rildi

PRESS-RELIZ

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O’quv markazida joriy yilning 10 aprel kuni O’quv markazining rahbariyati va professor-o’qituvchilari ishtirokida Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi Moliya ilmiy-tadqiqot institutining Byudjet munosabatlari markazining xodimlari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. 

Uchrashuv davomida “O’zbekiston Respublikasida byudjetni rejalashtirish tizimini takomillashtirish” hamda “2018-2020 yillarda O’zbekiston Respublikasida byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish”ga oid masalalar jahon byudjet islohotlari doirasida muhokama qilindi.

Concrete

Xususan, MITI Byudjet munosabatlari markazining katta ilmiy xodimi L. Bogdanov O’zbekistonda amalga oshirilayotgan byudjet islohotlari byudjetni rejalashtirishning zamonaviy instrumentlari qo’llanilishi dolzarbligini ta’kidlab o’tdi. Shuningdek, O’zbekiston, Rossiya, Qozog’istonda byudjet jarayonlarida davlat dasturlarining qo’llanilishi, byudjet jarayonlarida aholi to’g’ridan-to’g’ri ishtirok etishining shakllari va instrumentlari hamda jahonda partisipator byudjetlashtirish (Participatory Budgeting) masalalari ko’rib chiqildi. 

Concrete

O’z navbatida, MITI Byudjet munosabatlari markazining katta ilmiy xodimi A. Deryugin vakolatlarni taqsimlashning muhim jixatlari, muvozanatlashgan byudjet tizimi sharoitlari hamda mahalliy byudjetlarni muvofiqlashtirish yuzasidan asosiy tavsiyalar haqida to’xtalib o’tdi. Shuningdek, transfertlarni taqsimlash (o’rta muddatli davrda), byudjet xarajatlari indeksiga alohida e’tibor qaratildi.
 

Concrete

Uchrashuv samarali va ko’tarinki ruxda bo’lib o’tdi. 

 


 

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 11 Aprel 2019 14:59
DMC Firewall is a Joomla Security extension!