РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI BO’SH ISH O’RINLARIGA TANLOV E’LON QILADI

19
Mart 2019
312 marta ko'rildi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI BO’SH ISH O’RINLARIGA TANLOV E’LON QILADI

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 martdagi PF-5687-son “Xalqaro reyting va indekslarda O’zbekiston Respublikasining o’rnini yaxshilashga oid chora-tadbirlarni tizimlashtirish to’g’risida”gi farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida hamda mazkur Farmon bilan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasida tashkil etilgan “Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash” boshqarmasining quyidagi vakant lavozimlariga tanlov e’lon qilinadi:

1. Bosh iqtisodchi – 2 nafar;
2. Etakchi iqtisodchi – 2 nafar.

1. Bosh iqtisodchi nomzodiga qo’yiladigan asosiy malaka talablari:

• Iqtisodiyot (makro/mikroiqtisodiyot), moliya va moliyani boshqarish, bank ishi, yurisprudentsiya va ushbularga yaqin sohada Bakalavr yoki Magistr diplomi. O’zbekiston yoki chet el OTMlarning diplomlari;
• Katta hajmdagi ma’lumotlarni qisqa muddatda qayta ishlash;
• Iqtisodiy va moliyaviy tahlil, monitoring va tizimli muvofiqlashtira olish. Faoliyati doirasida olib borilayotgan ishlarning nazoratini olib borish;
• O’zbek, rus va ingliz tillarini mukammal darajada bilish. (IELTS sertifikatiga (kamida 6.5 ball) ega bo’lgan nomzodlar ma’qullanadilar);
• Ish tajribasi kamida 2 yil. Chet el banklari va tashkilotlari bilan ishlash tajribasiga ega nomzodlarga ijobiy qaraladi.
• Microsoft Office dasturlarida mukammal ishlash tajribasi;
• Lavozimiga mos boshqa malaka talablar.

2. Etakchi iqtisodchi nomzodiga qo’yiladigan asosiy malaka talablari:

• Iqtisodiyot (makroG’mikroiqtisodiyot), moliya va moliyani boshqarish, bank ishi, yurisprudentsiya va shunga yaqin sohada Bakalavr diplomi. O’zbekiston/chet el OTMlarning diplomlari;
• Katta hajmdagi ma’lumotlarni qisqa muddatda yig’ish, vazirlik, idoralar hamda chet el tashkilotlari bilan uzluksiz aloqada bo’lish;
• Olib borilayotgan ishlarni monitoring qilish va tizimli muvofiqlashtira olish;
• O’zbek va rus tillarni mukammal darajada bilish. (IELTS sertifikatiga (kamida 6.0 ball) ega bo’lgan nomzodlar ma’qullanadilar);
• Mehnat tajribasiga ega bo’lmaganlarning nomzodlari ko’rib chiqiladi;
• Ish tajribasi 1 yil va undan ko’proq bo’lgan nomzodlarga ijobiy qaraladi;
• Microsoft Office (Word, Excel, PowerPoint) dasturlarida mukammal ishlash tajribasi;
• Lavozimga mos boshqa malaka talablar.

3. Shaxsiy talablar:

• Vatanparvarlik, sodiqlik;
• Professional, ish etiketi va muomala madaniyatiga ega bo’lish;
• Mas’uliyatli, ishchan va stress holatlariga chidamli bo’lish;
• Jamoada ishlash qobiliyati.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 14 iyundagi 108-sonli “Kadrlar zahirasini tashkillashtirish va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimidagi xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi buyruqqa asosan, nomzodlarni tanlash jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: 

1-bosqich: Yuqoridagi talablarga javob beradigan nomzodlar quyida keltirilgan elektron manzilga nomzod haqidagi ma’lumotnomalarni (CV) hamda shu lavozimda ishlash istagi borligi to’g’risida insho (Motivation letter) ingliz va o’zbek tillarida yozib, joriy yilning 22 martiga qadar yuborishlari lozim. (CV namunasi ilova qilinadi). Jamlangan CV va insholar ishchi guruhi tomonidan o’rganib chiqiladi va talablarga javob bergan nomzodlar keyingi bosqichga o’tganliklari to’g’risida e’lon qilinadi.

2-bosqich: Joriy yilning 25 mart kuni soat 10:00da nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishni tekshirish maqsadida suhbat o’tkaziladi. Suhbat natijasi ball tizimi bo’yicha baholanadi (1 balldan 10 ballgacha). 

3-bosqich: Ishchi guruh tomonidan yuqori baholangan nomzodlar tanlanib, 2019 yil 27 mart kuni nomzodlarga tanlov natijalari to’g’risida ma’lumot beriladi. 

Talab etiladigan barcha hujjatlarni Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. va Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron manziliga yuborishingiz so’raladi. 

Batafsil ma’lumotlar uchun (0-371) 239-88-73 telefon raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 20 Mart 2019 10:57

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 465 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!