РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

TOSHKENTDA JAHON BANKINING DAVLAT MOLIYASINI BOSHQARISH BO'YICHA XALKARO HAMKORLIK TA’LIM DASTURI (PEMPAL)NING NAVBATDAGI YALPI MAJLISI O’TKAZILDI

19
Mart 2019
281 marta ko'rildi

TOSHKENTDA JAHON BANKINING DAVLAT MOLIYASINI BOSHQARISH BO'YICHA XALKARO HAMKORLIK TA’LIM DASTURI (PEMPAL)NING NAVBATDAGI YALPI MAJLISI O’TKAZILDI

Concrete

Joriy yilning 18 mart kuni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Jahon banki hamkorligida tashkil etilgan Davlat moliyasini boshqarish buyicha xalqaro hamkorlik ta’lim dasturi (PEMPAL) doirasida Byudjet hamjamiyatining navbatdagi yalpi majlisi o’z ishini boshladi.

Majlisni O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari - moliya vaziri Jamshid Anvarovich Qo’chkorov kirish so’zi bilan ochib berdi. Jamshid Qo’chkorov o’z nutqida mamlakatimizda davlat byudjetini isloh qilish sohasida olib borilayotgan ishlarga to’xtalib o’tdi hamda yalpi majlisning O’zbekistonda o’tkazilishi yurtimizda olib borilayotgan davlat moliyasini boshqarishni ayrim jabhalarini yanada takomillashtirish uchun zamin yaratilishini ta’kidladi. Moliya vaziri o’z so’zining yakunida, Byudjet hamjamiyatining navbatdagi yalpi majlisini ochiq deb e’lon qildi hamda majlis ishtirokchilariga kelgusi faoliyatlarida muvaffaqqiyat tiladi.

Shu bilan birga, yalpi majlisning ochilish marosimida Jahon bankining O’zbekistondagi vakolatxonasi boshlig’i janob Xideki Mori hamda Byudjet hamjamiyatining ijro qo’mitasi raisi Anna Belenchuk so’zga chiqib, o’z so’zlarida Evropa mintaqasi va Markaziy Osiyo mamlakatlarida davlat moliyasini boshqarish buyicha halqaro hamkorlik ta’lim dasturi (PEMPAL) doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan yutuqlar haqida to’xtalib o’tishdi. 

O’z o’rnida mazkur tadbirga 20 dan ortiq mamlakatlardan 60 ga yaqin moliya sohasida faoliyat yurituvchi xalqaro ekspertlar hamda Byudjet hamjamiyatiga a’zo mamlakatlar amaliyotchilari tashrif buyurishdi.

Ma’lumot uchun: Davlat moliyasini boshqarish tizimidagi islohotlarni samarali amalga oshirishda Evropa mintaqasi va Markaziy Osiyo mamlakatlarida davlat moliyasini boshqarish buyicha halkaro hamkorlik ta’lim dasturi (PEMPAL) o’ziga xos o’ringa ega bo’lib, ushbu dastur ilg’or xalqaro amaliyotni o’rganish, xorijlik ekspertlar bilan o’zaro fikr almashish bo’yicha tajriba maydoni hisoblanadi.

PEMPAL sohada vujudga keladigan masalalarni muhokama qilish uchun muntazam ravishda yig’iladigan uch yo’nalishdagi - byudjet, g’aznachilik va ichki audit hamjamiyatlaridan tarkib topgan.

Bugungi kunda mamlakatimizda byudjet ma’lumotlarining ochiqligini, byudjet jarayonida fuqarolarimizning faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada rivojlangan mamlakatlar ekspertlari bilan fikr almashish hamda ushbu sohadagi ilg’or tajribalarni o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

Ma’lumki, 2012-2017 yillar davomida PEMPAL ta’lim dasturi doirasida islohotlar muhokamasi masalasi yuzasidan 130 dan ortiq tematik, jumladan seminar va majlislar tashkil etildi. Ushbu tadbirlarda 20 ortiq davlatlar vakillari, shuningdek O’zbekiston Respublikasi vakillari ham faol ishtirok etishdi. Xuddi shunday muhokamalardan biri, “Ichki audit” hamjamiyatining yalpi majlisi 2017 yil oktyabr oyida Toshkent shahrida o’tkazildi.

Yig’ilishning ilk kunida Xorvatiya va Rossiya Federatsiyasi davlatlari vakillari bilan bir qatorda mamlakatimizning davlat moliyasi sohasidagi etakchi mutaxassislari ham o’z taqdimotlari bilan ishtirok etdilar. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi moliya vaziri o’rinbosari Dilshod
Sultanov O’zbekistonda byudjet shaffofligi va byudjet jarayonida fuqarolarning ishtiroki yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlar to’g’risida taqdimot qildi.

Ochilish marosimi yakunida kun tartibidan byudjet jarayonlari va ularda keng jamoatning ishtiroki to’g’risida seminar treninglar va taqdimotlar o’rin olganligi hamda ular 22 martgacha davom etishi ta’kidlab o’tildi.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 19 Mart 2019 18:10

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 382 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd