РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

JAHON BANKI VA EVROPA ITTIFOQI O’ZBEKISTONDA DAVLAT MABLAG’LARINI BOSHQARISH SOHASIDAGI ISLOHOTLARNI QO’LLAB-QUVVATLAYDI

14
Mart 2019
1730 marta ko'rildi

JAHON BANKI VA EVROPA ITTIFOQI O’ZBEKISTONDA DAVLAT MABLAG’LARINI BOSHQARISH SOHASIDAGI ISLOHOTLARNI QO’LLAB-QUVVATLAYDI

Concrete

TOSHKENT, 2019 yil 14 mart. – Jahon banki va Evropa Ittifoqi ko’magida olib borilgan O’zbekistonda Davlat xarajatlari va moliyaviy hisobdorlik (PEFA) ni baholash natijalarining taqdimoti bo’lib o’tdi. 

Baholash natijalari mamlakat hukumatiga davlat mablag’larini boshqarishning ancha samarali tizimini yaratish, davlat byudjetining ochiqligini va xalqaro donorlar hamda xorijiy kredit beruvchilar uchun mamlakatning jozibadorligini oshirishga yordamlashadi. 

PEFA davlat mablag’larini boshqarish tizimining samaradorligini boshqarish metodologiyasi hisoblanadi. U tegishli davlat organlari va davlat mablag’larini boshqarish tizimini boshqaruvchi qonunchilik bazasining kuchli va zaif tomonlarini baholashni kiritgan holda davlat mablag’larini boshqarishning samaradorliligini puxta, izchil va aniq ma’lumotlarga asoslangan tahlilini ta’minlaydi. Baholash metodologiyasi etakchi ekspertlar va amaliyotchilar tomonidan tavsiya qilingan xalqaro standartlar hamda ilg’or tajribaga asoslangan. Bugungi kunga kelib  dunyoning 150 mamlakatida 600 dan ortiq PEFA ni baholash o’tkazildi. 

Concrete

O’zbekiston hukumati PEFA ni dastlabki baholashni 2012 yilda o’tkazdi. Bu yillarda mamlakatda davlat mablag’larini boshqarish tizimida qator islohotlar amalga oshirildi. Shuning uchun mazkur sohada erishilgan taraqqiyotni baholash va davlat mablag’larini boshqarish tizimini kelgusida rivojlantirish uchun mavjud to’siqlarni aniqlash zaruriyati yuzaga keldi. Mamlakat hukumati Jahon banki va Evropa Ittifoqiga PEFA ni ikkinchi baholashni o’tkazishda ko’maklashish uchun murojaat qildi. Baholash 2018 yil sentyabridan 2019 yil yanvariga qadar vaqt oralig’ida olib borildi. 

PEFA davlat mablag’larini boshqarish faoliyatining 7 ta asos soluvchi yo’nalishini baholaydi: 1)  byudjetning barqarorligi, 2) davlat mablag’ini o’zlashtirishning ochiqligi, 3) davlat aktivlari va majburiyatlarini  boshqarish sifati, 4) iqtisodiy siyosat asosida byudjet-soliq   strategiyasi va byudjetlash, 5) byudjet ijrosini bashorat qilish va nazorat etish, 6) hisob-kitob va hisobdorlik, 7) tashqi nazorat va audit. Bu  sektorlar 94 tavsifnomadan iborat 31 indikator bo’yicha baholanadi. 

Baholashning asosiy natijalari O’zbekiston  barqaror va samarali amalga oshiriladigan davlat byudjetiga ega ekanini ko’rsatdi. Shunga qaramay, davlat aktivlari va majburiyatlarini boshqarishni yaxshilash, o’rta muddatli byudjetlashni rivojlantirish, fiskal strategiyani ishlab chiqish, shuningdek, davlat mablag’lari xarajatlarini ochiqligini ta’minlovchi ishlarni davom ettirish zarur. Bundan tashqari, hisob-kitob va audit sohasida xalqaro standartlarga amal qilish zaruriyati mavjudligi ta’kidlanmoqda. 
 

Concrete

PEFA ni joriy baholash isloh qilishga muhtoj bo’lgan davlat boshqaruvi tizimidagi sohalarni aniqlab berdi. U O’zbekistonda 2018-2025 yillarga mo’ljallangan davlat mablag’larini boshqarishni isloh qilish strategiyasini yangilash uchun qo’llaniladi. 

Concrete

Evropa Ittifoqining O’zbekistondagi Delegatsiyasi boshlig’i, elchi  Eduards Stiprays va jahon bankining O’zbekistondagi vakolatxonasi boshlig’i janob Xideki Mori PEFA baholash natijalarini  ma’qullab, davlat mablag’larini boshqarishning samarali ishlaydigan tizimi fuqarolarga aniq davlat xizmatlarini taqdim etish maqsadida resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlashini aytib o’tdilar.  

Evropa Ittifoqi va Jahon banki vakillari O’zbekiston hukumatiga moliyaviy va texnik yordamni taqdim etish orqali davlat mablag’larini boshqarish sohasidagi islohotlarni amalga oshirishga ko’mak berishni davom ettirishini ta’kidladilar. 
 

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 14 Mart 2019 18:14

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Yanvar 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31    

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 436 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!