Print this page
14
Mart 2019
243 marta ko'rildi

BUXGALTERIYA HISOBI NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARINI TAKOMILLASHTIRSH

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O’zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori ijrosi bo’yicha quyidagi buxgalteriya hisobi normativ-huquqiy hujjatlariga o’zgartirishlar kiritdi:

Tovar-moddiy boyliklarni olishga ishonchnomalar berish va ularni ishonchnomalar bo’yicha berish tartibi to’g’risida nizom (ro’yxat raqami 1245, 2003 yil 27 may);

Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi to’g’risidagi nizomg (ro’yxat raqami 1297, 2004 yil 14 yanvar);

Asosiy vositalar qiymatini balansdan chiqarish tartibi to’g’risidagi nizom (ro’yxat raqami 1401, 2004 y., 29 avgust);

Nomoddiy aktivlarni balansdan chiqarish tartibi to’g’risidagi nizom (ro’yxat raqami 1539, 2006 yil 14 yanvar);

Qayta ishlashga berilgan xom ashyo bilan bog’liq operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to’g’risidagi nizom (ro’yxat raqami 2086, 2010 yil 15 mart).

Siz ushbu hujjatlardagi o’zgartirish va qo’shimchalar haqida “Buxgalteriya hisobi va audit~Xo’jalik sub’ektlarining buxgalteriya hisobi~Buxgalterga yordam” bo’limida tanishishingiz mumkin. 

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 14 Mart 2019 16:18
DMC Firewall is a Joomla Security extension!