Print this page
13
Mart 2019
202 marta ko'rildi

MUOMALA DAVRI 12 OY BO’LGAN DAVLAT QIMMATLI QOG’OZLARNI JOYLASHTIRISH BO’YICHA 2019 YIL 12 MART KUNI O’TKAZILGAN AUKSION NATIJALARI HAQIDA MA’LUMOT

Joriy yilning 12 mart kuni Markaziy bank tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda O’zbekiston Respublika valyuta birjasida muomala davri 12 oy bo’lgan 1 mln.so’m nominal qiymatga ega, umumiy hajmi 40 mlrd.so’mlik 40 ming dona davlat qimmatli qog’ozlarini joylashtirish bo’yicha auksion savdolari o’tkazildi. Qimmatli qog’ozlar bo’yicha foiz to’lovlari xar chorak amalga oshiriladi.

Auksionda 5ta diler ishtirok etgan bo’lib, ular tomonidan 109,5 mlrd.so’m hajmidagi 109 250 dona obligatsiyani sotib olish uchun raqobatli buyurtmanomalar taklif etildi.

Auksion davomida 40 000 dona qimmatli qog’ozlar 40,16 mlrd.so’m qiymatida joylashtirildi (chiqarilish umumiy hajmining 100 foizi).

Auksionda joylashtirilgan davlat qimmatli qog’ozlarning so’ndiriladigan umumiy hajmi 46 mlrd.so’mni tashkil etadi.

Qimmatli qog’ozlarning o’rtacha tortilgan daromadliligi, minimal daromadlilik darajasi hamda chegirish narx bo’yicha maksimal daromadlilik darajasi yillik 14,54 foizni tashkil etdi. 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 13 Mart 2019 17:23
DMC Firewall is a Joomla Security extension!