РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

11
Mart 2019
196 marta ko'rildi

E'LON

O’zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tizimi tashkilotlari va O’zbekiston Fanlar Akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari 

RAHBARLARI VA MUTAXASSISLARI DIQQATIGA!

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg’armasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 yanvardagi PQ–4091-son “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo’yicha “El-yurt umidi” jamg’armasining dasturlari bo’yicha kadrlarni o’qitishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorining ijrosiga muvofiq quyidagi yo’nalishlarning bugungi keng ko’lamli va jadal islohotlar davridagi ustuvor mutaxassisliklari bo’yicha navbatdagi stipendiyalar saralash tanlovi boshlanganligini e’lon qiladi:

“Fan va ilmiy-tadqiqotlar”, “Sog’liqni saqlash”, “Davlat boshqaruvi” va “Iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari”.

Jamg’arma Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq, respublikamizning barcha hududlardagi nomzodlar uchun bir xil va qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, stipendiya tanloviga nomzodlardan hujjatlar jamg’armaning www.eyuf.uz internet manzili orqali on-line tarzda elektron shaklda qabul qilinadi. Hujjatlar qabul qilish joriy yil 20 fevraldan 20 martga qadar amalga oshiriladi.

“El-yurt umidi” jamg’armasi stipendiya tanlovlari tartibi, qoidalari va saralash tanlovi o’tkazish jarayonlari to’g’risida ma’lumotlar muntazam ravishda jamg’armaning www.eyuf.uz sayti orqali berib boriladi. Stipendiya nomzodlari mazkur saytga muntazam kirib turishlari so’raladi. Aksariyat tez-tez so’raladigan savollarga jamg’arma saytida javoblar muntazam joylashtirib boriladi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli va jadal ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar uchun zamonaviy va yuqori malakali mutaxassis-kadrlarni ilg’or davlatlarning nufuzli universitetlari, ilmiy markazlari, kompaniya va tashkilotlarida tayyorlash uchun davlatimiz tomonidan yaratilayotgan mazkur beqiyos imkoniyatlardan barchangizni unumli foydalanishga chaqiramiz va omad tilaymiz!

“El-yurt umidi” jamg’armasi Tanlov komissiyasi
 

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 11 Mart 2019 17:31

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 270 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd