Print this page
06
Mart 2019
354 marta ko'rildi

MOLIYA, HISOB VA AUDIT SOHASIDAGI PROFESSIONALLARNING GLOBAL ASSOTSIATSIYASI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV O’TKAZILDI

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi PQ-3946-son qarori bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar Rejasini amalga oshirish doirasida va davlat-xususiy sherikligini kuchaytirish maqsadida Buyukbritaniyaning sertifikatlangan qasamyodli buxgalterlarining global xalqaro assotsiatsiyasi (ASSA) vakillari bilan uchrashuv o’tkazdi.

ASSA (THE ASSOCIATION OF CHARTERED CERTIFIED ACCOUNTANTS) – moliya, hisob va audit sohalarida professionallarning global assotsiatsiyasi hisoblanadi. ASSA zaruriy biznes ko’nikmalarini hisobga olgan holda muvaffaqiyatli karerani yaratishga yordam berishni maqsad qilib, o’zida dunyoning 181 ta mamlakatida 200 000 dan ortiq a’zolarini va 486 000 dan ortik talabalarni birlashtiradi. Shuningdek, ASSA Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) va Auditning xalqaro standartlari (AXS) sohasida sertifikatlangan mutaxassislarni tayyorlash bilan shug’ullanadi. 

Mazkur uchrashuvda moliya vazirining o’rinbosari D.Sultanov va Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi mutaxassislari ishtirok etishdi.

Uchrashuv jarayonida MHXS va AXSlarini joriy etish bilan bog’liq bo’lgan dolzarb masalalar, shu jumladan buxgalterlar va auditorlarni xalqaro standartlarni amaliyotda qo’llash bo’yicha faol uslubiy ko’makni tashkil etish va davlat-xususiy sherikligi doirasida ta’lim muassasalari orqali MHXS va AXSlari sohalarida mutaxassislarni tayyorlash bo’yicha to’plangan tajribalar muhokama etildi. 

Uchrashuv ishtirokchilari tomonidan ASSA va Moliya vazirligi o’rtasida buxgalteriya hisobi va audit yo’nalishida professional mutaxassislarni tayyorlash sohasida hamkorlik munosabatlarini o’rnatishning muhimligi, shuningdek buxgalterlar va auditorlarning respublika jamoat birlashmalarining MHXS va AXSlarini belgilovchi va ushbu standartlarni qo’llashning ilg’or jahon tajribasini tarqatuvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish bo’yicha faoliyatini faollashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 06 Mart 2019 13:00
Our website is protected by DMC Firewall!