РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA MAVJUD BO’LGAN BO’SH ISH O’RINLARIGA TANLOV E’LON QILINADI

28
Fev 2019
300 marta ko'rildi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA MAVJUD BO’LGAN BO’SH ISH O’RINLARIGA TANLOV E’LON QILINADI

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI “INSTITUTSIONAL SALOHIYATNI OSHIRISH” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH GURUHI

1. LOYIHA MENEJERI

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:

• iqtisodiyot, moliya va bank va shunga yaqin yo’nalishlarda hamda oliy o’quv yurtlari yoki ilmiy tadqiqot markazlarida kamida 5 yil ish tajribasiga ega bo’lish;
• tashkilot ish jarayonlarini muvofilashtirishning yangicha va samarali yondashuvlarini, xorij ilg’or tajribalarini qo’llagan holda ahborot-tahlil ishlarini tashkillashtirish, analitik va kreativ fikrlash qobiliyatiga ega bo’lish;
• jamoani bir maqsadga yo’naltira olish, o’z qarashlarini himoya qila olish va boshqaruv qarorlarini to’g’ri va tezkor qabul qila olish qobiliyatiga ega bo’lish;
• xodimlarni tanlash, ularni bir maqsad sari yo’naltira olish va ishlab chiqarish jarayonini samarali boshqarish qobiliyatiga ega bo’lish; 

Vazifalar:
1. Loyiha rejalashtirish va byudjetlashtirish uni moliyaviy modellashtirish va prognozlashtirish;
2. Ish jarayoni samaradorligini oshirish va natijaviyligini ta’minlash bo’yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
3. Loyihani amalga oshirish jarayonida boshqa vazirliklar va idoralar bilan, shuningdek, Moliya vazirligi boshqarmalari bilan o’zaro hamkorlikda faoliyatini ta’minlash;
4. Loyiha xujjatlarini, texnik masalalarini tayyorlash;
5. Loyiha moliyaviy resurslaridan samarali foydalanishni boshqarish, nazorat qilish va monitoringini olib borish;
6. Ishchi guruhni shakllantirish va loyiha mutaxassislarining ishini muvofiqlashtirish;
7. Loyiha ishchi guruhlari uchun vazifalarni to’g’ri shakllantirishni ta’minlash, hisobotlarni olish;
8. Loiyha amalga oshirilishi va rivojlanishi jarayonini nazorat qilib borish;
9. MHXS asosida oylik hisobotlarni shakllantirish va taqdim etish
10. Sohaga oid ma’lumotlar bazasini tuzish, uning doimiy yangilanib borilishi ustidan tizimli monitoringini tashkil etish, hisobotlarini tuzish va ularning ochiqligini ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
11. Jahon banki missiyasi bilan hamkorlikda muntazam moliyaviy nazoratni amalga oshirish va taqdim etilgan eslatmalar va tavsiyalarning bajarilishini nazorat qilish;
12. Zarur hollarda jamoatchilik oldida chiqishlar qilish va ommaviy axborot vositalariga intervyular berish; 
13. Talabchanlik, konstruktiv tanqid qilishni bilish, hamkasblar fikrini inobatga olish, manfaatlar to’qnashuvini keltirib chiqaradigan muammoli vaziyatlarni o’z vaqtida aniqlash va hal qilish;
14. Lavozimga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish.

2.    MOLIYAVIY MENEJER/BOSH HISOBCHI

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:

• iqtisodiyot, moliya va bank va shunga yaqin yo’nalishlarda hamda oliy o’quv yurtlari yoki ilmiy tadqiqot markazlarida kamida 5 yil ish tajribasiga ega bo’lish;
• tashkilot ish jarayonlarini muvofilashtirishning yangicha va samarali yondashuvlarini, xorij ilg’or tajribalarini qo’llagan holda ahborot-tahlil ishlarini tashkillashtirish, analitik va kreativ fikrlash qobiliyatiga ega bo’lish;
• jamoani bir maqsadga yo’naltira olish, o’z qarashlarini himoya qila olish va boshqaruv qarorlarini to’g’ri va tezkor qabul qila olish qobiliyatiga ega bo’lish;
• xodimlarni tanlash, ularni bir maqsad sari yo’naltira olish va ishlab chiqarish jarayonini samarali boshqarish qobiliyatiga ega bo’lish; 

Vazifalar:
1. Auditorlar bilan ishlashni muvofiqlashtirish;
2. Jahon bankiga har yarim yilda bir marta tasdiqlanmagan vaqtinchalik moliyaviy hisobotlarni (IFR) tayyorlash va shartnomada ko’rsatilgan muddatda taqdim etish;
3. Loyihaning moliyaviy resurslaridan to’g’ri foydalanish ustidan tegishli nazoratni ta’minlash;
4. Loyihadan tushgan mablahni hisobga olish;
5. Jahon banki va Moliya Vazirligining protseduralariga muvofiq pul mablag’larini to’lash uchun arizani va barcha kerakli hujjatlarni (WA, SOE va boshqalar) tayyorlash;
6. Moliya Vazirligiga moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish;
7. Loyiha byudjetini tayyorlash va bajarish.
8. Zarur hollarda jamoatchilik oldida chiqishlar qilish va ommaviy axborot vositalariga intervyular berish; 
9. Talabchanlik, konstruktiv tanqid qilishni bilish, hamkasblar fikrini inobatga olish, manfaatlar to’qnashuvini keltirib chiqaradigan muammoli vaziyatlarni o’z vaqtida aniqlash va hal qilish;
10. Lavozimga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish.


3. XARIDLAR BO’YICHA MUTAXASSIS

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:

• iqtisodiyot, moliya va bank va shunga yaqin yo’nalishlarda hamda oliy o’quv yurtlari yoki ilmiy tadqiqot markazlarida kamida 5 yil ish tajribasiga ega bo’lish;
• tashkilot ish jarayonlarini muvofilashtirishning yangicha va samarali yondashuvlarini, xorij ilg’or tajribalarini qo’llagan holda ahborot-tahlil ishlarini tashkillashtirish, analitik va kreativ fikrlash qobiliyatiga ega bo’lish;
• jamoani bir maqsadga yo’naltira olish, o’z qarashlarini himoya qila olish va boshqaruv qarorlarini to’g’ri va tezkor qabul qila olish qobiliyatiga ega bo’lish;
• xodimlarni tanlash, ularni bir maqsad sari yo’naltira olish va ishlab chiqarish jarayonini samarali boshqarish qobiliyatiga ega bo’lish; 

Vazifalar:
1. Loyihani amalga oshirish davrida xaridlarni amalga oshirish faoliyatini muvofiqlashtirish (tovarlarga, xizmatlarga, ta’minotga, tenderlarga bo’lgan ehtiyojni aniqlash);
2. Xaridlar loyihasini uzoq muddatli va qisqa muddatli rejalarini tayyorlash;
3. Sotib olingan mahsulot sifatini tekshirish;
4. Bozorni doimiy tahlil qilish va narxlar harakatini kuzatish;
5. Tovar etkazib beruvchilar bilan o’zaro hamkorlik va ular bilan birgalikda faoliyatni nazorat qilish (sotib olish bahosi, tovarlarni sifati, etkazib berish va to’lov shartlari haqida ma’lumot oladi);
6. Xarid bilan bog’liq xarajatlarni qisqartirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
7. Buyurtmani va mahsulot etkazib berishni monitoring qilish;
8. Buxgalteriya bo’limi va ma’lumotlar bazasiga taqdim etish uchun barcha kerakli hujjatlarni saqlash;
9. Tovar etkazib beruvchilarni izlash va yangi takliflarni o’rganish;
10. Tez sotib olinadigan mahsulot guruhlarida bozor o’zgarishlarini o’rganishda analitik ishlarni olib borish, bozorni tahlil qilish;
11. Raqobatbardosh tadqiqotlarni o’tkazish;
12. Dastlabki tanlov ro’yxatini tuzish va ro’yxatdan o’tkazish;
13. Olingan barcha tijorat takliflarini aks ettirish;
14. Sotib olingan tovarlar yoki xizmatlar bo’yicha qabul qilingan hujjatlarni o’rganish;
15. Yuqori malakali menejerlarning shaxsiy topshiriqlarini o’z vakolatlari doirasida bajarish.
16. Zarur hollarda jamoatchilik oldida chiqishlar qilish va ommaviy axborot vositalariga intervyular berish;
17. Talabchanlik, konstruktiv tanqid qilishni bilish, hamkasblar fikrini inobatga olish, manfaatlar to’qnashuvini keltirib chiqaradigan muammoli vaziyatlarni o’z vaqtida aniqlash va hal qilish;
18. Lavozimga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish.

4. NOMZODLARNI TANLASH JARAYONI TARTIB-QOIDASI
14. Tanlov O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 4 iyundagi “Kadrlar zaxirasini tashkillashtirish va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimiga xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi 108-sonli buyrug’ida tasdiqlangan tartib-qoidalar asosida maxsus tuzilgan ishchi guruhi tomonidan 3 bosqichda o’tkaziladi.

Birinchi bosqichda:
Nomzodlar ingliz va o’zbek tillarida o’z “Ma’lumotnoma”larini, shuningdek “Mazkur lavozimda ishlash istagim” mavzusida yozilgan bayonlarini joriy yilning 5 martga qadar Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron manziliga jo’natishlari kerak. 10  martga qadarishchi guruhi tomonidan nomzodlarning “Ma’lumotnoma”lari va yozilgan “Bayonlari” o’rganib chiqiladi va talablarga javob bergan nomzodlar keyingi bosqichga o’tganliklari to’g’risida Moliya vazirligining rasmiy veb-sayti orqali xabar beriladi.

Ikkinchi bosqichda:
Joriy yilning 15 mart kuni soat 11:00 da ikkinchi bosqichga o’tgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida suhbat va sinov o’tkaziladi. Suhbat natijasi ball tizimi bo’yicha baholanadi (eng yuqori 10, eng past 1 ball) bunda ishchi guruhning har bir a’zosi suhbat olib borgan odamning har biriga ball qo’yib chiqadi.

Uchinchi bosqichda:
Joriy yilning 18 mart kuni soat 11:00 da
ishchi guruh yig’ilib, shu bosqichgacha yetib kelgan nomzodlarning ballarini to’plab, har bir nomzodning kuchli va kuchsiz taraflarini muhokama qilib, talablarga javob bergan xodimlarni tanlaydilar va 3 kun muddatdanomzodlarga tanlov natijalari to’g’risida Moliya vazirligining rasmiy veb-sayti orqali habar beriladi.

Barcha hujjatlarni Xodimlar bilan ishlash boshqarmasining kadrlar bo’limiga Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron manziliga yuborishingiz so’raladi. Bog’lanish uchun (0-371) 239-88-73 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
 

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 28 Fevral 2019 19:29

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Oktyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
  1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 567 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd