Print this page
28
Fev 2019
1738 marta ko'rildi

JAHON BANKI GURUHINING DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV

Concrete

26 fevral kuni Moliya vazirligida Evropa va Markaziy Osiyo bo'yicha vitse-prezident Siril Myuller boshchiligidagi Jahon banki guruhining (WB) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Ma'lumot uchun: Siril Muller, bu lavozimda 2015 yil 1 iyuldan ishlab kelmoqda. Bunga qadar, 2011 yildan 2015 yilgacha tashqi va korporativ aloqalar bo'yicha vitse-prezidenti sifatida faoliyat yuritgan.

Mehmonlar tomonidan Jahon bankining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy direktori Liliya Burunchuk, Jahon bankining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Hideki Mori va vitse-prezidentning maxsus yordamchisi Stiven Joey ishtirok etdilar.

Concrete

Uchrashuv boshida delegatsiya rahbari respublika bosh vazirining o'rinbosari - Moliya vaziri Jamshid Qo'chqorovni suveren yevrobondlar muvaffaqiyatli chiqarilgan munosabati bilan tabrikladi.

Uchrashuvda Sirill Myuller mamlakatimiz rahbari bilan 2018 yil iyul oyida bo'lib o'tgan uchrashuvda Jahon banki mamlakatimiznning iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish sohasida texnik yordam ko'rsatish bo'yicha kelishuvga erishilgani ta'kidlab o'tildi.

Hozirgi muzokaralarda IBL loyihalari (davlat moliyasini va davlat korxonalarini boshqarishni kuchaytirishga, shuningdek ularni xususiylashtirishga qaratilgan institutsional rivojlanish uchun kredit) va DPO (Bozor islohotlarini rivojlantirish siyosatini qo'llab-quvvatlash bo'yicha) loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, 2019-2021 yillarga mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasida tarkibiy islohotlarning asosiy yo'nalishlari "Yo'l xaritasi"ni bajarilishi bo'yicha Iqtisodiy kengash faoliyati muhokama qilindi. Mazkur Kengash Prezidentimiz tomonidan 2019 yil 8 yanvardagi "Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va iqtisodiy siyosat samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi Farmoni bilan tashkil etilgan. 

Moliya vazirligi
Axborot xizmati

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 28 Fevral 2019 11:15
Our website is protected by DMC Firewall!