РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

AQSH DAVLAT KOTIBI O’RINBOSARI BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI

28
Fev 2019
1216 marta ko'rildi

AQSH DAVLAT KOTIBI O’RINBOSARI BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI

Concrete

Moliya vazirligi AQSh Davlat kotibining iqtisodiy masalalar bo'yicha o'rinbosari janob Devid Meale boshchiligidagi AQSh delegatsiyasi bilan uchrashuv o'tkazdi.

Oʻzbekistondagi birinchi tashrifi ekanligiga qaramay, janob Devid Meale Respublikamizda olib borilayotgan islohotlarni kuzatib borishini ta'kidladi. Oʻtgan ikki yil davomida amalga oshirilgan islohotlardan ijobiy taassurotda ekanligini va bunday muvafaqiyatli iqsitodiy-moliyaviy islohotlar nafaqat ularda balki xorij investorlarida ham katta qiziqish uyg'otayotganligi va bu borada batafsil ma'lumotga ega boʻlmoqchi ekanligini bildirdi.

AQSh Davlat Deprtamentining rasmiy vakillari tashrifidan asosiy maqsad nafaqat mamlakatning islohotlari bilan chuqur tanishib chiqish, balki AQSh-O’zbekiston yillik ikki tomonlama hukumatlararo maslahatlashuvida (U.S.-Uzbekistan Annual Bilateral Consultations) ham ishtirok etishidir.

Concrete

Moliya vazirligi mutasaddi vakillari 2017-2021 yillarga moʻljallangan harakatlar strategiyasining 5 ta asosiy ustuvor yoʻnalishlaridan biri iqtisodiy islohotlarga bag’ishlanganligi va shunga koʻra, 2017 yil sentyabr oyida valyuta bozorini erkinlashtirish, barcha valyuta operatsiyalari cheklovsiz amalga oshirilishi hamda qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish kabi iqtisodiy islohotlar amalga oshirilganligi to’g’risida ma’lumot berishdi.  Shu bilan birga, moliyaviy islohotlar, ya’ni dasturga asoslangan oʻrta muddatli byudjetni rejalashtirish, davlat byudjeti shaffofligini ta’minlash, ichki audit samaradorligini oshirish va xalqaro buxgalteriya standartlarini joriy qilish mamlakat uchun asosiy maqsad ekanligini ta’kidlandi. Respublikada olib borilayotgan iqtisodiy va moliyaviy islohotlar Jahon banki va Xalqaro valyuta jamgʻarmasining hamkorligida va texnik ko’magi asosida amalga oshirilayotganligini ham eslatib o’tish joizdir.

Janob Devid Meale yuqorida aytib o’tilgan islohotlar borasidagi mulohozalari bilan boʻlishdi:  «Oʻzbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy-moliyaviy islohotlar mamlakat uchun haqiqatdan ham yangi tarix bo’lishi mumkin va bu iqtisodiy o’sish investorlarini jalb qilish uchun eng yaxshi yoʻl hisoblanadi”. 

Uchrashuv so’ngida delegatsya a’zolari kelajakda o’zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashtirishga tayyor ekanliklari hamda xorijiy investorlarni jalb etishda o’z hissalarini qo’sha olishlarini bildirishdi. 
   Concrete

Moliya vazirligi
Axborot xizmati

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 28 Fevral 2019 10:57

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Oktyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
  1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 436 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!