Print this page
26
Fev 2019
496 marta ko'rildi

XORIJIY XUKUMATLARNING MOLIYA  TASHKILOTLARI VA XALQARO MOLIYAVIY INSTITUTLAR MABLAG’LARINI JALB QILISH VA QAYTA MOLIYALASHTIRISH BO’LIMI BOSH IQTISODCHISI LAVOZIMIGA TANLOV E'LON QILINMOQDA

XORIJIY XUKUMATLARNING MOLIYA 
TASHKILOTLARI VA XALQARO MOLIYAVIY INSTITUTLAR MABLAG’LARINI JALB QILISH VA QAYTA MOLIYALASHTIRISH BO’LIMI BOSH IQTISODCHISI LAVOZIMIGA


Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:

•    iqtisodiyot, moliya, bank va shunga yaqin yo’nalishlarda hamda oliy o’quv yurtlari yoki ilmiy tadqiqot markazlarida kamida 2 yil ish tajribasiga ega bo’lish. Yosh va iqtidorli bitiruvchilarini qo’llab quvvatlash maqsadida istisno tariqasida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari safidan mazkur lavozimga - tahlil qilish va fikrlash qobiliyati yuqori, makroiqtisodiyot, iqtisodiy nazariya, matematika va ekonometrikani yaxshi biladigan nomzodlar hujjatlari ko’rib chiqiladi;
•    Byudjet, Soliq va Bojxona kodekslarini, shuningdek, vazirlik sohasiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar normalarini bilish, axborot ta’minoti va tashkiliy-tahliliy ishlarini sifatli amalga oshirish, yangicha va kreativ fikrlash qobiliyatiga ega bo’lish;
•    nazariya bilan amaliyotni bog’lash ko’nikmalariga ega bo’lish, asoslangan tahliliy materiallarni tayyorlash va himoya qila olish;
•    jamoada ishalash, o’z qarashlarini himoya qila olish;

Vazifalar:
1. Xorijiy hukumatlarning moliya tashkilotlari va xalqaro moliyaviy institutlar mablag’larini jalb qilish va qayta moliyalashtirish yuzasidan tashkiliy-tahliliy ishlarni amalga oshirish, zarur moliyaviy, iqtisodiy va sohaga oid boshqa axborotlarni yig’ish, mahalliy va xalqaro bozorlar tahlilini amalga oshirish va bu jarayonning uslubiy va huquqiy asoslarini bilish, bo’lim faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
2. Topshirilgan topshiriqlar ijrosi natijaviyligini ta’minlash;
3. Vazirlik boshqarmalari bilan o’zaro hamkorlikda ishlash;
4. Sohaga oid ma’lumotlar bazasini tuzish, uning doimiy yangilanib borilishi ta’minlash;
5. Lavozimga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 26 Fevral 2019 16:47
DMC Firewall is a Joomla Security extension!