Print this page
26
Fev 2019
140 marta ko'rildi

BYUDJET VA BYUDJETDAN MABLAG’ OLUVCHI TASHKILOTLAR TOMONIDAN BYUDJET QONUNCHILIGIGA RIOYA ETILISHI USTIDAN NAZORATNI AMALGA OSHIRISH BO’LIMI BOSH NAZORATCHI-TAFTISHCHI LAVOZIMIGA TANLOV E'LON QILINMOQDA

BYUDJET VA BYUDJETDAN MABLAG’ OLUVCHI 
TASHKILOTLAR TOMONIDAN BYUDJET QONUNCHILIGIGA RIOYA ETILISHI USTIDAN NAZORATNI AMALGA 
OSHIRISH BO’LIMI 

BOSH NAZORATCHI-TAFTISHCHI – 2 NAFAR

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:

•    iqtisodiyot, moliya, bank va shunga yaqin yo’nalishlarda hamda oliy o’quv yurtlari yoki ilmiy tadqiqot markazlarida kamida 3 yil ish tajribasiga ega bo’lish;
•    Byudjet, Soliq va Bojxona kodekslarini, shuningdek vazirlik sohasiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar normalarini bilish, axborot ta’minoti va tashkiliy tahliliy ishlarini sifatli amalga oshirish, yangicha va kreativ fikrlash qobiliyatiga ega bo’lish;
•    Nazariya bilan amaliyotni bog’lash ko’nikmalariga ega bo’lish, asoslangan tahliliy materiallarni tayyorlash va himoya qila olish;
•    Jamoada ishalash, o’z qarashlarini himoya qila olish;

Vazifalar:
1. Byudjet qonunchiligiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish borasida tashkiliy tahliliy ishlarni amalga oshirish, zarur moliyaviy, iqtisodiy va sohaga oid boshqa axborotlarni yig’ish, bu jarayonning uslubiy va huquqiy asoslarini bilish, sho’’ba faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
2. Topshirilgan topshiriqlar ijrosi natijaviyligini ta’minlash;
3. Vazirlik boshqarmalari bilan o’zaro hamkorlikda ishlash;
4. Sohaga oid ma’lumotlar bazasini tuzish, uning doimiy yangilanib borilishi ta’minlash;
5. Lavozimga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 26 Fevral 2019 16:02
DMC Firewall is a Joomla Security extension!