Print this page
25
Fev 2019
169 marta ko'rildi

“BYUDJET HISOBI VA BYUDJETNI G’AZNA IJROSI METODOLOGIYASI, BUXGALTER - EKSPERTLAR FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH” BO’LIMI BOSHLIG’I LAVOZIMIGA TANLOV E'LON QILINMOQDA

“BYUDJET HISOBI VA BYUDJETNI G’AZNA IJROSI METODOLOGIYASI, BUXGALTER - EKSPERTLAR FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH” BO’LIMI BOSHLIG’I LAVOZIMIGA

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:

• Iqtisodiyot, moliya, bank sohalarida yoki shunga o’xshash yo’nalishlarda kamida 5 yillik ish tajribaga ega bo’lish;
• Kompyuter savodxonligi bo’yicha - Microsoft Word, Excel va Power Point dasturlarida professional darajada ishlay olish;
• Byudjet hisobini yuritish, buxgalter ekspert bo’yicha yuqori tajribaga ega bo’lish.

Vazifalar:
1. Zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llash orqali byudjet tizimi byudjetlarining g’azna ijrosi va davlat moliyaviy nazoratini rivojlantirish, byudjet hisobi va hisoboti yuritilishini takomillashtirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;
2. Byudjet hisobi va hisoboti masalalari bo’yicha rasmiy xulosa va tushuntirishlar berish to’g’risida byudjet tashkilotlariga uslubiy yordam berish; 
3. Byudjet tizimi byudjetlarining g’azna ijrosi bo’yicha xalqaro amaliyotni o’rganish orqali yagona metodikani tashkil qilish;
4. Byudjet hisobi va hisoboti bo’yicha xalqaro buxgalteriya standartlariga mos ravishda buxgaletiriya bo’yicha me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish;
5. Byudjet qonunchiligini amaliyotda qo’llanilishini tahlil qilish va umumlashtirish, uni takomillashtirish bo’yicha takliflarni ishlab chiqish, shuningdek, qonun loyihalari va boshqa me’yoriy hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etish; 
6. Lavozimga mos boshqa talablar.
 

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 26 Fevral 2019 14:56
Our website is protected by DMC Firewall!