РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI BO’SH ISH O’RINLARGA TANLOV E’LON QILADI

25
Fev 2019
213 marta ko'rildi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI BO’SH ISH O’RINLARGA TANLOV E’LON QILADI

TANLOVDA ISHTIROK ETUVCHI BARCHA NOMZODLARGA 
QO’YILADIGAN UMUMIY MALAKA VA 
SHAXSIY TALABLAR

1. NOMZODLARGA QO’YILADIGAN TALABLAR

1. O’z yo’nalishlari bo’yicha jumladan, iqtisodiyot, moliya va buxgalteriya hisobi va audit yo’nalishlarida oliy ma’lumotga ega bo’lishi (xorijiy va xalqaro oliy o’quv yurtlarida tahsil olgan nomzodlar qo’llab-quvvatlanadi);
2. Ingliz va o’zbek tillarini bilish (ingliz tili bo’yicha xalqaro sertifikatlarga ega bo’lgan nomzodlar qo’llab-quvvatlanadi);
3. Kompyuterda ishlash ko’nikmlariga ega bo’lish, jumladan Microsoft Word, Excel, Power Point dasturlarini bilishi;
4. Vatanparvarlik, sodiqlik;
5. Professional etiket, hamkasblarni hurmat qilish;
6. Og’ir mehnatdan qochmaslik;
7. Muomala madaniyati, Sales mentalıty;
8. Jamoada ishlash qobiliyati;
9. Har bir lavozim uchun boshqa qo’shimcha mos talablar quyida alohida ko’rsatib o’tilgan. 

2. XODIMLARNING OYLIK MAOSHI VA BOSHQA RAG’BATLANTIRUVCHI  OMILLAR

10. Xodimlarning oylik maoshi shtatlar jadvaliga asosan belgilangan miqdorlarda, shuningdek nomzodning malaka va ish tajribasini inobatga olgan holda rag’batlantiriladi;
11. Davlat moliyasini boshqarish borasida xalqaro moliya tashkilotlari bilan ishlash bo’yicha noyob tajribani o’zlashtirish;
12. Dunyoning turli davlatlarida malaka oshirish;
13. Moliya vazirligi tomonidan taqdim etiladigan ijtimoiy va moddiy rag’batlarga ega bo’lish.

3.    NOMZODLARNI TANLASH JARAYONI TARTIB-QOIDASI

14. Tanlov O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 4 iyundagi “Kadrlar zaxirasini tashkillashtirish va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimiga xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi 108-sonli buyrug’ida tasdiqlangan tartib-qoidalar asosida maxsus tuzilgan ishchi guruhi tomonidan 3 bosqichda o’tkaziladi.


Birinchi bosqichda:

Nomzodlar ingliz va o’zbek tillarida o’z “Ma’lumotnoma”larini, shuningdek “Mazkur lavozimda ishlash istagim” mavzusida yozilgan bayonlarini joriy yilning 28 fevraliga qadar Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron manziliga jo’natishlari kerak. 11 martga qadar ishchi guruhi tomonidan nomzodlarning “Ma’lumotnoma”lari va yozilgan “Bayonlari” o’rganib chiqiladi va talablarga javob bergan nomzodlar keyingi bosqichga o’tganliklari to’g’risida Moliya vazirligining rasmiy veb-sayti orqali xabar beriladi.

Ikkinchi bosqichda:

Joriy yilning 15 mart kuni soat 11:00 da ikkinchi bosqichga o’tgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida suhbat va sinov o’tkaziladi. Suhbat natijasi ball tizimi bo’yicha baholanadi (eng yuqori 10, eng past 1 ball) bunda ishchi guruhning har bir a’zosi suhbat olib borgan odamning har biriga ball qo’yib chiqadi. 

Uchinchi bosqichda:

Joriy yilning 18 mart kuni soat 11:00 da ishchi guruh yig’ilib, shu bosqichgacha yetib kelgan nomzodlarning ballarini to’plab, har bir nomzodning kuchli va kuchsiz taraflarini muhokama qilib, talablarga javob bergan xodimlarni tanlaydilar va 3 kun muddatda nomzodlarga tanlov natijalari to’g’risida Moliya vazirligining rasmiy veb-sayti orqali habar beriladi.

Barcha hujjatlarni Xodimlar bilan ishlash boshqarmasining kadrlar bo’limiga Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron manziliga yuborishingiz so’raladi. Bog’lanish uchun    (0-371) 239-88-73 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
 
Ilova (ko'chirib olish  /15KB)

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 25 Fevral 2019 17:06

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 357 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!