2. XODIMLARNING OYLIK MAOSHI VA BOSHQA RAG’BATLANTIRUVCHI OMILLAR
10. Xodimlarning oylik maoshi shtatlar jadvaliga asosan belgilangan miqdorlarda, shuningdek nomzodning malaka va ish tajribasini inobatga olgan holda rag’batlantiriladi;
11. Davlat moliyasini boshqarish borasida xalqaro moliya tashkilotlari bilan ishlash bo’yicha noyob tajribani o’zlashtirish;
12. Dunyoning turli davlatlarida malaka oshirish;
13. Moliya vazirligi tomonidan taqdim etiladigan ijtimoiy va moddiy rag’batlarga ega bo’lish.
3. NOMZODLARNI TANLASH JARAYONI TARTIB-QOIDASI
14. Tanlov O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 4 iyundagi “Kadrlar zaxirasini tashkillashtirish va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimiga xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi 108-sonli buyrug’ida tasdiqlangan tartib-qoidalar asosida maxsus tuzilgan ishchi guruhi tomonidan 3 bosqichda o’tkaziladi.
Birinchi bosqichda:
Nomzodlar ingliz va o’zbek tillarida o’z “Ma’lumotnoma”larini, shuningdek “Mazkur lavozimda ishlash istagim” mavzusida yozilgan bayonlarini joriy yilning 28 fevraliga qadar Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron manziliga jo’natishlari kerak. 11 martga qadar ishchi guruhi tomonidan nomzodlarning “Ma’lumotnoma”lari va yozilgan “Bayonlari” o’rganib chiqiladi va talablarga javob bergan nomzodlar keyingi bosqichga o’tganliklari to’g’risida Moliya vazirligining rasmiy veb-sayti orqali xabar beriladi.
Ikkinchi bosqichda:
Joriy yilning 15 mart kuni soat 11:00 da ikkinchi bosqichga o’tgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida suhbat va sinov o’tkaziladi. Suhbat natijasi ball tizimi bo’yicha baholanadi (eng yuqori 10, eng past 1 ball) bunda ishchi guruhning har bir a’zosi suhbat olib borgan odamning har biriga ball qo’yib chiqadi.
Uchinchi bosqichda:
Joriy yilning 18 mart kuni soat 11:00 da ishchi guruh yig’ilib, shu bosqichgacha yetib kelgan nomzodlarning ballarini to’plab, har bir nomzodning kuchli va kuchsiz taraflarini muhokama qilib, talablarga javob bergan xodimlarni tanlaydilar va 3 kun muddatda nomzodlarga tanlov natijalari to’g’risida Moliya vazirligining rasmiy veb-sayti orqali habar beriladi.
Barcha hujjatlarni Xodimlar bilan ishlash boshqarmasining kadrlar bo’limiga Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron manziliga yuborishingiz so’raladi. Bog’lanish uchun (0-371) 239-88-73 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.