РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

XALQARO VALYUTA JAMG’ARMASI (XVJ) MISSIYASI BILAN UCHRASHUV

25
Fev 2019
1287 marta ko'rildi

XALQARO VALYUTA JAMG’ARMASI (XVJ) MISSIYASI BILAN UCHRASHUV

Concrete

20 fevral kuni Moliya vazirligida Xalqaro Valyuta Jamg’armasining (keyingi o’rinlarda XVJ) Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo’yicha departamenti bosh iqtisodchisi Albert Eger boshchiligidagi missiyasi hamda davlaе vazirlik va idora mutasaddi vakillari ishtirokidagi uchrashuv bo’lib o’tdi. 

Muhokamalar diqqat markazi XVJ nizomining IV moddasiga muvofiq 2019 yil uchun missiya tomonidan mamlakatimizga beriladigan maslahatlarga qaratildi. 

Ma’lumot uchun: XVJ kelishuvining moddalari xalqaro pul-kredit muammolari bo'yicha maslahatlashuv va hamkorlik qilish, xalqaro savdoni kengaytirish va muvozanatli o'sishga yordam berish uchun doimiy mexanizm orqali xalqaro pul-kredit hamkorlikni rivojlantirishga ko'maklashish va shu bilan birga, valyuta barqarorligini ta'minlash va yana bir qancha shu kabi masalalarni muhokama qilish va hal etish uchun qabul qilingan. XVJ har bir kelishuvga a'zo mamlakat bilan har yili maslahatlar almashinuvi o'tkazadi. "IV modda maslahatlari" deb nomlanuvchi bu aloqalar orqali XVJ har bir mamlakatning iqtisodiy barqarorligini baholashga va kelgusida moliyaviy muammolarni oldini olishga harakat qiladi.

IV moddaga doir maslahatlar doirasida makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, moliya siyosati va tarkibiy o’zgarish ko’rsatkichlari ko’rib chiqildi. Bundan tashqari, tomonlar, 2018 – 2019 yillarga mo’ljallangan kredit siyosati, budjet tashkilotlarida ish haqi siyosati, fiskal siyosat va 2019 yil uchun qo’shimcha xarajatlar, 2019 yilda yangi soliq siyosati, pensiya va mehnat sohalari siyosatlarini amalga oshirish hamda to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni jalb etish kabi masalalarni muhokama qilishdi. 

Concrete

Janob Albert Eger Moliya vazirining London safarini ijobiy natijalarini qayd etdi. Uning fikricha, hozirgacha amalga oshirilgan siyosatlar to’g’ri va samarali yondashuv bo’libgina qolmay, kelgusidagi yo’l xaritasi uchun bir qancha ustuvorliklarni ta’minlab beradi. U, shuningdek, xorij investorlarining bu boradagi mulohazalari bilan bo’lishdi: “Investorlar mamlakatda amalga oshirilgan islohotlarni, jumladan, valyuta rejimini liberallashtirish, Moliya va Iqtisodiyot vazirliklariga tegishli dolzarb bo’lgan islohotlar, soliq islohoti va boshqa islohotlarni ijobiy baholaydi.” 

Concrete

Missiya joriy yilning 5 martiga qadar Toshkentda ishchi tashrif bilan bo’ladi.  Shunga ko'ra, davlat mutasaddi vakillari ushbu davr mobaynida muayyan masalalarni muhokama qilish uchun bir qator uchrashuvlar o'tkazishadi.
         
Moliya vazirligi
Axborot xizmati

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 25 Fevral 2019 11:58

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Oktyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
  1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir birgina mehmon va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!