РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

22
Fev 2019
412 marta ko'rildi

PRESS-RELIZ

Moliya vazirligida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumatining topshiriqlarini Respublikamiz yoki dunyoning istalgan joyidan turib so’zsiz ijrosini ta’minlash va nazorat qilish bo’yicha yagona idoralararo elektron “mf.ijro.uz” ijro nazorat dasturi yaratildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 avgustdagi “Yagona idoralararo elektron ijro nazorati tizimini joriy etish to’g’risida”gi F-5017-son farmoyishi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 47-sonli Rayosat majlisining bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “UNICON-SOFT” MChJ bilan hamkorlikda 2018 yilning avgust-oktyabr oylarida Ijro intizomini nazorat qilish yagona tizimiga (keyingi o’rinda “mf.ijro.uz” dasturiy ta’minoti) o’tish yuzasidan yangi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida yuqori turuvchi organlari tomonidan berilgan topshiriqlar, vazirlikka kelib tushayotgan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari va boshqa tashkilotlar bilan yozishmalar hisobini olib borish va ularning ijrosi yuzasidan doimiy monitoring qilib borish bo’yicha elektron dastur shakllantirildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 oktyabrdagi “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3962-sonli qarori ijrosi yuzasidan vazirlik va idoralar ichida birinchi bo’lib O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan vazirlik markaziy apparatining 2018 yilning 1 noyabridan boshlab barcha hujjatlar aylanmasi to’laligicha “mf.ijro.uz” tizimiga o’tkazish yo’lga qo’yildi.

Moliya vazirligi shakllantirilgan Ishchi guruh tomonidan “mf.ijro.uz” dasturiy ta’minotining faoliyati bo’yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish hamda takomillashtirish yuzasidan vazirlik tarkibiy bo’linmalari va tizim tashkilotlari takliflari asosida “UNICON-SOFT” MChJ mutaxassislari tomonidan tegishli o’zgartirishlarni amalga oshirilmoqda va dastur tobora takomillashib bormoqda.

Vazirlik hozirda O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi hamda Adliya vazirligi bilan to’g’ridan-to’g’ri elektron hujjatlar aylanmasini yo’lga qo’yildi. Ijro etilgan hujjatlar haqidagi ma’lumotlar bir vaqtning o’zida “mf.ijro.uz” – Yagona idoralararo hujjatlar dasturi orqali O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi “ijro.gov.uz” bilan integratsiya qilindi.

Mazkur “mf.ijro.uz” Yagona idoralararo hujjatlar dasturi tizimiga o’tishning quyidagi bir qator afzallik va qulayliklari mavjud, jumladan:

- mamlakatimizning istalgan joyidan turib O’zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumatining topshiriqlarining ijrosini so’zsiz ta’minlash va ijrosini nazorat qilish;
- vazirlikka kelib tushayotgan barcha hujjatlar juda qisqa muddatda tegishli mutasaddi rahbar va ijrochilarga etkaziladi;
- kelib tushayotgan hujjatlar xodim tomonidan istalgan joyda tezkorlik bilan qabul qilinishi va ijrosini o’z vaqtida ta’minlash choralarini ko’rish imkonini beradi;
- kelib tushayotgan barcha hujjatlarning nushalarini ko’paytirish jarayonlari elektron shaklga o’tilishi oqibatida ortiqcha sarf-xarajat oldi olinadi;
- hududiy moliya organlari va g’aznachilik bo’linmalari, tizimdagi boshqa tashkilotlarda “mf.ijro.uz” Yagona idoralararo hujjatlar dasturi ijga tushirilishi natijasidan vazirlikning www.mf.uz veb-sayti orqali vazirlik va idoralar bilan yozishlar, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining ijro holatini tekshirish moduli joriy qilindi; 
- vazirlikning www.mf.uz veb-sayti orqali elektron ravishda “PDF” formatda yuridik va jismoniy shaxslar bilan yozishmalar va murojaatlariga javob xatlarini yuklash, elektron arxiv bazasini yaratish. 

Bundan tashqari, vazirlikda aloqa xizmatini yanada takomillashtirish maqsadida “RECEPTION” (71 203-15-51 IP Telefoniya) xizmati tashkil qilindi;

Bugungi kunda “mf.ijro.uz” dasturining joriy qilinishi mamlakatimizda vazirlik va idoralar ichida eng birinchi bo’lib Moliya vazirligida joriy etilganligi “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili“da amalga oshirilgan muhim amaliy ishlardan biri bo’lganligini alohida ta’kidlash joiz.

Oxirgi o'zgartirish Juma, 22 Fevral 2019 12:40

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 378 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!