Print this page
21
Fev 2019
437 marta ko'rildi

BUXORO VILOYATINING OLOT, QORAKOʻL VA JONDOR TUMANLARIDA MOLIYA VAZIRLIGI GʻAZNACHILIGI XODIMLARI ISHTIROKIDA SAYYOR QABUL OʻTKAZILDI

Concrete

Joriy yilning 18-19 fevral kunlari Moliya vazirligi Gʻaznachiligi boshligʻining birinchi oʻrinbosari D.Pulatov boshchiligidagi Gʻaznachilik xodimlaridan iborat ishchi gurux tomonidan Buxoro viloyatining Olot, Qorakoʻl va Jondor tumanlarida byudjet tashkilotlari, tadbirkorlik subʼektlari hamda fermer xoʻjaliklari rahbar va xodimlari ishtirokida sayyor yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda buyurtmachilar va yetkazib beruvchilarga davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida batafsil tushunchalar berib oʻtildi. Yigʻilish ishtirokchilari tomonidan qayd etilgan davlat xaridlarini amalga oshirishda duch kelayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq yoʻnalishlar berildi.

Shuningdek, savolnoma orqali yigʻilish ishtirokchilarini Moliya, Gʻaznachilik va davlat xaridlarini amalga oshirishning hozirgi holati va takomillashtirish yuzasidan fikrlari oʻrganildi.

Oxirgi o'zgartirish Juma, 22 Fevral 2019 15:24
DMC Firewall is a Joomla Security extension!