Yigʻilishda buyurtmachilar va yetkazib beruvchilarga davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida batafsil tushunchalar berib oʻtildi. Yigʻilish ishtirokchilari tomonidan qayd etilgan davlat xaridlarini amalga oshirishda duch kelayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq yoʻnalishlar berildi.
Shuningdek, savolnoma orqali yigʻilish ishtirokchilarini Moliya, Gʻaznachilik va davlat xaridlarini amalga oshirishning hozirgi holati va takomillashtirish yuzasidan fikrlari oʻrganildi.