РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

OTA-ONA QARAMOG’IDAN MAHRUM BO’LGAN VA IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI IJTIMOIY HIMOYA QILISH DAVLAT E’TIBORIDA

19
Fev 2019
1790 marta ko'rildi

OTA-ONA QARAMOG’IDAN MAHRUM BO’LGAN VA IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI IJTIMOIY HIMOYA QILISH DAVLAT E’TIBORIDA

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 fevraldagi “Etim bolalar hamda ota-onasining qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-4185-sonli qarori qabul qilingan. 

Qarorga muvofiq “Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari, oilaviy turdagi bolalar uylarining rahbar xodimlari va tarbiyachilarining oylik ish haqi miqdorlarin 2019 yilda ikkita boskichda o’rtacha 2 barobarga oshirish ko’zda tutilgan.

Bunda, quyidagilar nazarda tutilgan:

2019 yil 1 martdan «Mehribonlik» uylari va bolalar shaharchalarining rahbar xodimlari va tarbiyachilari, shuningdek barcha turdagi xalq ta’limi muassasalari tarbiyachilarining bazaviy tarif stavkasini 1,5 barobarga oshirish va uni umumta’lim maktablarining tegishlicha rahbar va pedagogik xodimlari bazaviy tarif stavkasining 75 foizi darajasida belgilash;

2019 yil 1 oktyabrdan «Mehribonlik» uylari, bolalar shaharchalari rahbar xodimlari va oliy ma’lumotli tarbiyachilari hamda barcha turdagi xalq ta’limi muassasalarining oliy ma’lumotli tarbiyachilarining bazaviy tarif stavkalari miqdorlarini umumta’lim maktablarining tegishli rahbar va pedagog xodimlari bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirish. 

Xo’sh, mazkur o’zgarishlar yuqorida qayd etilgan muassasalar xodimlarining ish haqi to’lovi miqdorlariga qanday ta’sir ko’rsatadi degan haqli savol tug’ilishi mumkin. “Mehribonlik” uylari, imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus ta’lim muassasalari tarbiyachilarining amaldagi ish haqi to’lovi miqdorlarini ushbu qarordan keyingi ish haqi to’lovi miqdorlari bilan taqqoslash orqali ushbu savolga oydinlik kiritish mumkin bo’ladi. 

Masalan, “Mexribonlik” uyi oliy ma’lumotli tarbiyachisining oylik ish haqi bugungi kunda qo’shimcha ustama bilan birga 1 mln. 180 ming so’m bo’lsa, 2019 yil 1 martdan ularning oylik ish haqi 1 mln. 816 ming so’mni, 2019 yil 1 oktyabrdan esa 2 mln. 422 ming so’mni tashkil etib, amaldagi ish haqi to’lovi miqdoriga nisbatan 1 mln. 242 ming so’mga yoki 2,1 barobarga ortadi.

Xuddi shunday, imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus ta’lim muassasalarining oliy ma’lumotli tarbiyachisi hozirgi vaqtda qo’shimcha ustama bilan hisoblanganda 1 mln. 573 ming so’m ish haqi olsa,  2019 yil 1 martdan ularning oylik ish haqi to’lovi miqdori 2 mln. 422 ming so’mga, 2019 yil 1 oktyabrdan 2 mln. 825 ming so’mga etkaziladi.

Shuningdek, bolalar uylari, nogiron bolalar uchun “Muruvvat” internat uylari hamda sil kasalligiga qarshi bolalar sanatoriysi tarbiyachilariga tegishli toifadagi davlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari uchun belgilangan bazaviy tarif stavkasi miqdorlari qo’llaniladi

Demak, nogiron bolalar uchun “Muruvvat” internat uylari tarbiyachilarining ish haqi to’lovi miqdori bugungi kunda qo’shimcha ustama bilan birga 1 mln. 453 ming so’m bo’lsa, (ma’lumot uchun: hozirgi vaqtda “Muruvvat” bolalar internat uylari tarbiyachilarining ish haqi miqdori 726 ming so’m va 100 foiz ya’ni (726 ming so’m) ustama to’lanadi.) 

2019 yil 1 martdan 1 mln. 889 ming so’mni tashkil etadi.

Bundan tashqari, ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarning ko’proq oila sharoitlarida tarbiyalanishlarini rag’batlantirish maqsadida qarorga muvofiq:

a) oilaviy bolalar uylari tarbiyalovchi ota-onalarining bazaviy tarif stavkasi «Mehribonlik» uylari tarbiyachilari uchun belgilangan bazaviy tarif stavkasining ikki barobari miqdorida hisoblanadi;

ushbu o’zgarishlarni raqamlarda aks ettiradigan bo’lsak, oilaviy turdagi bolalar uyi tarbiyalovchi ota-onalari bugungi kunda 1 mln. 180 ming so’m ish haqi olayotgan bo’lsa ushbu ko’rsatkich 2019 yil 1 martdan 2 mln. 422 ming so’mni 2019 yil 1 oktyabrdan 3 mln. 229 ming so’mni tashkil etadi.

b) 2019 yil 1 martdan boshlab oilaga tarbiyaga olingan (patronat) har bir bola uchun to’lanadigan nafaqa miqdori 1,33 barobarga oshirilib (hozirgi vaqtda ushbu nafaqa miqdori 608,1 ming so’m), 820 ming so’mni tashkil qiladi, keyinchalik inflyatsiya hajmidan kam bo’lmagan miqdorda oshirib boriladi. 

Bundan tashqari, qarorga muvofiq “Mexribonlik” uylari va bolalar shaharchalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash ko’zda tutilgan. 

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 19 Fevral 2019 16:34

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Oktyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
  1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 902 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd