Mexnat faoliyati davomida Davlat budjeti siyosatining ustuvor yo’nalishlarini va hususiyatllarini, budjet tizimini boshqarishning tashkiliy va huquqiy asoslarini, budjet daromadlari va xarajatlarini prognozlashtirish uslublarini va ijrosini ta’minlash mexanizmalarini, budjetlararo munosabatlarning asosiy shakllarini, shuningdek hozirgi zamon budjet amaliyotining dolzarb muammolari va rivojlantirish omillari yuzasidan yetarli bilim va tajribani ortirgan salohiyatli mutaxassis hisoblanadi.
Uning bevosita ishtirokida bir qator budjet qonunchilik bazasi, ya’ni O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi, mahalliy budjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish, zaxiralarini aniqlash ishlarini tashkil etish, budjet ma’lumotlarining ochiqligini va budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash hamda O’zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini loyihalari ishlab chiqilgan.
Hozirgi kunga qadar Jamshid Abruev O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjeti bosh boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.