РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI LOYIHASI “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risida

19
Fev 2019
339 marta ko'rildi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI LOYIHASI “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risida

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi PQ-3946-son qarori bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar rajasining 1-bandi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturini tasdiqlash to’g’risida” gi qarori ijrolarini ta’minlash maqsadida  “Auditorlik faoliyati to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risida qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Dastavval Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida keng muhokama qilish uchun “O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga auditorlik faoliyatini rivojlantirish va auditorlik xizmatlari sifati uchun auditorlik tashkilotlarining javobgarligini oshirishga qaratilgan o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi qonuni loyihasi ishlab chiqilib va joylashtirilgan (ID-1436, muhokama davri 2018 yil 10-25 dekabr). Qonun loyihasida O’zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik kodeksiga, O’zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi, “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi, “Mas’uliyati cheklangan hamda qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to’g’risida”gi qonunlarga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilishi nazarda tutilgan.

Manfaatdor vazirlik, idoralar va jamoat birlashmalari bilan qonun loyihasini muhokama qilish jarayonida takliflar kelib tushgan, shu jumladan ikkita alohida hujjatni ishlab chiqish yuzasida:

O’zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik kodeksiga, “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi va “Mas’uliyati cheklangan hamda qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to’g’risida”gi qonunlarga o’zgartirish kiritilishini nazarda tutadigan “Auditorlik faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi qonun loyihasi;

To’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatadigan yangi tahrirdagi qonunni tasdiqlashni nazarda tutadigan “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish” to’g’risidag qonun loyihasi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida qonun loyihasi kelib tushgan taklif va mulohazalarni hisobga olgan holda to’ldirilib quyidagilar qayta joylashtirildi:

 “Auditorlik faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida” (ID-2348);

“Auditorlik faoliyati to’g’risida” yangi tahrirda (ID-2401).

Yangi tahrirdagi “Auditorlik faoliyati to’g’risida” gi qonun tuzilishi quyidagi boblardan iborat:

1-Bob. Umumiy qoidalar (1-13-moddalar)

2-Bob. Auditor va auditorning malaka sertifikati (14-24-moddalar)

3-Bob. Auditorlik tashkilotlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi (25-28-moddalar)

4- Bob. Auditorlik tashkiloti xizmatlari (29-30-moddalar)

5- Bob. Auditorlik tekshiruvini o’tkazish (31-37-moddalar)

6- Bob. Auditorlik tashkilotlari reestriga kirish va auditorlar reestri (38-41-moddalar)

7- Bob. Ichki va tashqi sifat nazorati (42-47-moddalar)

8- Bob. Yakunlovchi qoidalar (48-50-moddalar)

Qonun loyihasi bilan bizning saytda “Buxgalteriya xisobi va audit ~Auditorlik faoliyati~normativ-huquqiy hujjatlar” bo’limida tanishish mumkin.

Qonun loyihasi muhokamasida faol ishtirok etishingizni so’raymiz. Sizning taklifingiz auditorlik faoliyatini tartibga solishning zamonaviy yondashuvlarni aniqlash uchun muhimdir.

 

 

 

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 19 Fevral 2019 10:37

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 527 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!