РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

MOLIYA VAZIRLIGI AYRIM BO’SH BO’LGAN ISH O’RINLARIGA QAYTA TANLOV E’LON QILDI

12
Fev 2019
372 marta ko'rildi

MOLIYA VAZIRLIGI AYRIM BO’SH BO’LGAN ISH O’RINLARIGA QAYTA TANLOV E’LON QILDI

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 iyuldagi  «Tashqi moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PQ-3877 sonli Qaroriga asosan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vazirlikning Davlat suveren, korporativ (bank) qarz majburiyatlari  va davlat qarzi boshqarmasida (keyingi o’rinlarda “Davlat qarzi boshqarmasi” yoki “DQB” )mavjud quyidagi vakant lavozimlarga qaytadan tanlov e’lon qiladi.

1.    «STATISTIK VA MAKROIQTISODIY AXBOROTLAR BILAN ISHLASH» BO’LIMI BOSHLIG’I - 1 NAFAR.

Statistik va makroiqtisodiy axborotlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i uchun qo’yiladigan asosiy talab va vazifalar

Talablar:

1. Statistik va makroiqtisodiy axborotlar bilan ishlash bo’yicha kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo’lish.
2. Kompyuter savodxonligi bo’yicha – Word, Excel, Power Point dasturlarida professional darajada ishlay olish.
3. Statistika, iqtisodiyot va shunga yaqin yo’nalishlarda oliy o’quv yurtlari yoki ilmiy tadqiqot markazlarida faoliyat olib boruvchi nomzodlarga afzalliklar beriladi.

Vazifalar:

1. Moliya vazirligining vakolatli boshqarmalari va boshqa vazirlik va idoralar bilan statistik, makro-iqtisodiy ma’lumotlar va tahlillarni olish va tayyorlashda yaqindan hamkorlik qilish.
2. Suveren kredit reytingini olish, davlat qarz majburiyatlarini chiqarish va xalqaro moliya bozorlarida joylashtirish uchun zarur statistik va axborot-tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash.
3. Respublikadagi makroiqtisodiy holat va o’zgarishlarni hamda xalqaro moliya bozorlaridagi vaziyatni aks ettiruvchi ko’rsatkichlarni to’plash, tahlil qilish va sharhlash.
4. Chet-el banklari va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik doirasida ingliz tilida prezentatsiya taqdimotlari va tahliliy ma’lumotlar tayyorlash. 
5. Reyting agentliklari va investorlar bilan o’tkaziladigan xalqaro va mahalliy uchrashuvlarda, forum, konferentsiya va taqdimotlarda ishtirok etish.
6. Bo’limning boshqa xodimlari malakasini oshirish, ularning samarali va natijaviy faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirish hamda jamoaviy ish olib borishni ta’minlash.

2. «DAVLAT QARZI HISOBI VA HISOBOTI» BO’LIMI BOSHLIG’INING O’RINBOSARI - 1 NAFAR 

Davlat qarzi hisobi va hisoboti bo’limi boshlig’ining o’rinbosari lavozimi uchun qo’yiladigan asosiy talab va vazifalar.

Talablar:

1. Bank-moliya, buxgalteriya yoki g’aznachilik sohalaridan birida eng kamida 5 yillik mehnat tajribasiga egaligi.
2. Xalqaro moliya institutlari va donor davlatlar yoki tijorat banklaridan qarz mablag’larini jalb qilish va qaytarish instrumentlari haqida tajribaga ega bo’lish.

Vazifalar: 

1. Davlat ichki va tashqi qarzining hisobi va hisobotini yuritish.
2. Davlat tashkilotlarining kafolatlanmagan tashqi qarzining hisobi va hisobotini yuritish.
3. Xalqaro moliya institutlari va donor davlatlarga taqdim qilinadigan ma’lumotlarni shakllantirish va ularni o’rnatilgan tartibda tegishli tashkilotlarga jo’natib borish. 
4. O’zbekiston Respublikasi To’lov balansiga o’z vakolati doirasida tegishli ma’lumotlarni shakllantirish va ularni o’rnatilgan tartibda jo’natib borilishini ta’minlash.
5. Davlat ichki va tashqi qarzini aks ettiruvchi asosiy ko’rsatkichlarni ishlab chiqish, tahlil qilish va ularni sharhlash.
6. Xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlar bilan o’tkaziladigan xalqaro va mahalliy uchrashuvlarda, forum, konferentsiya va taqdimotlarda ishtirok etish.
7. Bo’lim xodimlarini malakasini oshirish, ularning ishlarini uzoq muddatga yo’naltirilgan samarali va natijaviy faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirish va boshqa masalalarda bo’lim boshlig’iga ko’maklashib borish.

3. BARCHA NOMZODLARGA QO’YILADIGAN UMUMIY MALAKA VA SHAXSIY TALABLAR:

1. O’z yo’nalishlari bo’yicha jumladan, xalqaro huquq, iqtisodiyot, moliya va buxgalteriya yo’nalishlarida oliy ma’lumotga ega bo’lishi (xorijiy va xalqaro oliy o’quv yurtlarida tahsil olgan nomzodlarga imtiyozlar beriladi).
2. Ingliz va o’zbek tillarini mukammal bilish (Ingliz tilida IELTS sertifikatiga ega bo’lgan (kamida 6 ball) nomzodlar ma’qullanadilar).
3. Kompyuter savodxonligi, jumladan Microsoft Word, Exsel va Power Point dasturlarini bilishi.
4. Vatanparvarlik, sodiqlik.
5. Professional etiket, hamkasblarga hurmat bilan qarash.
6. Og’ir mehnatdan qochmaslik.
7. Muomala madaniyati.
8. Jamoatda ishlash qobiliyati.

4. XODIMLARNING OYLIK MAOSHI VA BOSHQA RAG’BATLANTIRUVCHI OMILLAR:

1. Xodimlarning oylik maoshi nomzodning malaka va ish tajribasiga asosan belgilanadi.
2. Jahon tajribasida keng tan olingan suveren va korporativ reytinglar olish, Evrobondlar chiqarish va xorijiy banklar va moliya tashkilotlari bilan ishlash bo’yicha noyob tajribani o’zlashtirish.
3. Dunyoning turli ilg’or davlatlarida malaka oshirish.
4. Moliya vazirligi tomonidan taqdim etiladigan boshqa imkoniyat va rag’batlarga ega bo’lish.

5. NOMZODLARNI TANLASH JARAYONI TARTIB-QOIDASI:

Tanlov jarayoni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 14 iyundagi «Kadrlar zaxirasini tashkillashtirish va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimiga xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish to’g’risida»gi 108-sonli buyrug’ida tasdiqlangan tartib-qoidalar asosida maxsus tuzilgan ishchi guruhi tomonidan 3 bosqichda amalga oshiriladi.

    1 - Bosqich: Yuqoridagi talablarga javob beradigan nomzodlar quyida keltirilgan elektron manzil orqali ingliz va o’zbek tillaridagi ma’lumotnomalarini (CV) topshirishlari lozim hamda qisqacha nima uchun shu lavozimda ishlash istagi borligi to’g’risida bayon yozib joriy yilning ____ fevraliga qadar jo’natishlari (o’zbek va ingliz tillarida) zarurdir (CV namunasi ilova qilinadi). ____ fevraliga qadar ishchi guruhi tomonidan CV va yozilgan insholar o’rganib chiqiladi va talablarga javob bergan nomzodlar keyingi bosqichga o’tganliklari to’g’risida habar beriladi.
    2 - Bosqich: Joriy yilning ____ fevral kuni ikkinchi bosqichga o’tgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida o’zbek va ingliz tillarida suhbat o’tkaziladi. Suhbat natijasi ball tizimi bo’yicha baholanadi (eng yuqori 10, eng past 1 ball) bunda ishchi guruhning har bir a’zosi suhbat qilgan odamning har biriga ball qo’yib chiqadi. 
   3 - Bosqich: Joriy yilning ____ fevral kuni ishchi guruh yig’ilib, shu bosqichgacha etib kelgan nomzodlarning ballarini to’plab, har bir nomzodning kuchli va kuchsiz taraflarini muhokama qilib kerakli xodimlarni tanlaydilar va 3 kun muddatda nomzodlarga tanlov natijalari to’g’risida ma’lumot beriladi.

    Barcha hujjatlarni Xodimlar bilan ishlash boshqarmasining kadrlar bo’limiga Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron manziliga yuborishingiz so’raladi. Bog’lanish uchun +998 (71) 239-88-73 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
 

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 12 Fevral 2019 17:40

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 312 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd