РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

OSIYO TARAQQIYOT BANKI (OTB) DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV

11
Fev 2019
614 marta ko'rildi

OSIYO TARAQQIYOT BANKI (OTB) DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV

Concrete

Moliya vazirligida Osiyo taraqqiyot bankining Markaziy va G'arbiy Osiyodagi Bosh direktori Verner Lipak boshchiligidagi vakillari bilan uchrashuv o'tdi. Uchrashuv Davlat-xususiy sherikchiligi (DXSh), energetika, transport, qishloq xo'jaligi va davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va davlat xaridlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar kabi sohalarda hamkorlikni va texnik yordamni yanada mustahkamlashga bag'ishlandi. O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari – Moliya vaziri Jamshid Qo'chqorov va vazirlikning mas’ul xodimlar 2019-2023 yillarga mo'ljallangan hamkorlikning ustuvor yo'nalishlari va strategiyasini muhokama qildilar.

Verner Lipak Davlat-xususiy sherikchiligini rivojlantirishning muhimligini ta'kidlab, investitsiya loyihalarini qo'llab-quvvatlash uchun qo'shimcha foydali tadbirlarni joriy etishni hamda Moliya vazirligi huzuridagi yangi tashkil etilgan Davlat-xususiy sherikchikliginini rivojlantirish agentligini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatladi.

Concrete

Ma’lumot uchun: Yaqinda OTB 2018-2020 yillarga mo'ljallangan Mamlakat biznes rejasi operatsiyasiga (MBRO) yangi kredit majburiyatlarini taqdim etish uchun O'zbekistonga ajratilgan kredit mablag'larini oshirdi. MBRO O'zbekistonning milliy rivojlanish strategiyasini to'liq qo'llab-quvvatlaydi va mamlakatning yangilangan rivojlanishining ustuvor yo’nalishlarini aks ettiradi. 2018 yilda O'zbekiston 2,9 milliard dollarlik loyihalar portfeli bilan ildamintaqadagi OTB tomonidan ajratilgan eng katta kreditga ega mamlakat bo'ldi.

Janob Lipak, shuningdek suv ta’minoti tizimini yaxshilashga yordam berishdan manfaatdor ekanini bildirdi. Moliya vazirligi vakillari bu sohada tomchilatib sug'orishni joriy etish muhimligini ta'kidlashdi.

Muzokaralar davomida bank tomonidan kelgusida Moliya vazirligiga DXShni rivojlantirish sohasi va davlat xaridlari tizimini rivojlantirishda maslahat yordamini berish uchun xalqaro ekspertlar ajratilishini ta’kidlandi.

Muzokalar yakunida tomonlar boshqa istiqbolli loyihalarni, shuningdek, OTBning texnik yordamini mamlakatdagi islohotlarni qo'llab-quvvatlash uchun qanday qo'llash mumkinligini muhokama qilishdi.

Moliya vazirligi
Axborot xizmati

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 11 Fevral 2019 11:09

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 396 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!