РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGIDA YANGI TAYINLOV

04
Fev 2019
588 marta ko'rildi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGIDA YANGI TAYINLOV

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevral PQ 4144-sonli Qarori bilan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining ijtimoiy soha masalalari bo’yicha o’rinbosari lavozimiga Ashrafxanov Baxrom Baxodirovich tayinlandi.

Baxrom Ashrafxanov 1969 yilda Toshkent shahrida tug’ilgan, millati o’zbek, ma’lumoti oliy. 1993 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 1994 yilda Amerika Qo’shma Shtatlari Kentukki universitetini xalqaro valyuta-kredit munosabatlari, davlat moliyasi mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan.

Mexnat faoliyati davomida respublikamizda sug’urta bozorini shakllantirish va rivojlantirish, davlat moliyasini boshqarishning g’azna ijrosi tizimini respublika va mahalliy byudjetlariga joriy etish, shuningdek ijtimoiy soha ob’ektlarini g’aznachilik tizimiga o’tkazish jarayonlarida faol ishtirok etgan saloxiyatli rahbar hisoblanadi. Rossiya Federatsiyasi va O’zbekiston Respublikasi o’rtasida ijtimoiy-iqtisodiy, savdo va investitsiya aloqalarini mustahkamlashda o’z hissasini qo’shgan.

2002-2004 yillarda O’zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o’rinbosari – Sug’urta nazorati davlat inspektsiyasi boshlig’i lavozimida ishlagan.

2005-2007 yillarda Moliya vazirining birinchi o’rinbosari.

2007-2016 yillarda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G’aznachiligi boshlig’i – Moliya vaziri o’rinbosari.

2016-2018 yillarda O’zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi favqulodda va muxtor elchisi.

Mexnat faoliyatida neft va gazni qayta ishlash bo’yicha texnologik jarayonlarni chuqurlashtirish, import o’rnini bosuvchi maxsulot ishlab chiqarish va eksport bozorlariga chiqish, neft-gaz sohasiga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish masalalarida faoliyat yuritgan.

Hozirgi kunga qadar Baxrom Ashrafxanov "O’zbekneftegaz" AJ boshqaruv Raisi vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritib kelgan. Davlat moliyasini boshqarish sohasida keng amaliy bilim va tajribasiga, shuningdek jahonda bu sohaning rivojlanish tendentsiyalarini yaxshi biladigan mutaxasisi hisoblanadi.

Moliya vazirligi
Axborot xizmati

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 04 Fevral 2019 11:40

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 575 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!