РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

"ENERGETIKA VA TRANSPORT SOHASIDAGI DAVLAT-XUSUSIY SHERIKCHILIGI"

17
Yan 2019
747 marta ko'rildi

"ENERGETIKA VA TRANSPORT SOHASIDAGI DAVLAT-XUSUSIY SHERIKCHILIGI"

Concrete

2019 yil 15 yanvar kuni Toshkent shahrida O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sherikchiligini rivojlantirish agentligi  va Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) tomonidan tashkil etilgan "Energetika va transport sohasidagi Davlat-xususiy sherikchiligi (DXSH)" mavzusidagi ikki kunlik davra suhbati o'z ishini boshladi.

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maslahatchisi Remir Mukumov, IFCning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Zafar Xashimov, Yevropa va Markaziy Osiyoda DXSH maslahat xizmatlari menejeri Georgi Petrov va Shveytsariya elchixonasining vakili tadbirning kirish qismida so'zga chiqishdi. Tadbirda soha vazirliklarining mas'ul mutaxassislari ishtirok etdilar.

Davra suhbatida davlat va xususiy sektor hamkorligining mexanizmlari va investitsiya vositalariga asoslangan holda energetika va transport sohasiga investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlari muhokama qilindi. Mahalliy mutaxassislar havo transporti, yo'llar va energiya sohasida DXSH loyihalarini rejalashtirish va amalga oshirishda jahon tajribasining eng yaxshi misollari bilan tanishish imkoniga ega bo'ldilar. Buning uchun huquqiy asoslar, turli xil loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida keng tajribaga ega bo'lgan mutaxassislar taklif etilgan.

Umumiy rivojlanish strategiyasining bir qismi sifatida, O'zbekiston xususiy sektorning davlatni rivojlantirishda DXSH mexanizmidan foydalanish orqali ishtirokini kengaytirish uchun juda ko'p ish olib boradi. Infrastruktura investitsiyalari va xavflarni taqsimlash uchun kapitalni jalb qilish kabi muhim jihatlardan tashqari, DXSHlar innovatsiyalarni rivojlantirish, ish o'rinlari yaratish va iqtisodiy o'sishni ta'minlashga yordam beradi. Shu sababli, ko'plab davlatlar DXSHni o'zlarining rivojlanish strategiyasining asosiy elementlaridan biri deb hisoblashadi.

Shuningdek, davra suhbati natijalari bo'yicha, 16 yanvar kuni Jurnalistlar uchun amaliy mashg'ulotlar o'tkazildi, unda ishtirokchilarga IFC tomonidan sertifikatlar topshirildi.

Ushbu tadbir IFCning O'zbekiston hukumati tomonidan iqtisodiyotda xususiy sektorning rolini oshirishga qaratilgan islohotlarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan faoliyatining bir qismidir. Bir tranzaksion maslahatchi sifatida IFC O'zbekiston hukumati uchun 100 megavattli quyosh elektr stantsiyasini moliyalash, qurish va boshqarish uchun xususiy sektor tajribasi va sarmoyasini jalb qilish uchun DXSH loyihasini tuzishga yordam beradi. IFC shuningdek, mamlakat bo'ylab dializ markazlarini moliyalashtirish, jihozlash, saqlash va faoliyat yuritish uchun xususiy investorlarni jalb qilish uchun DXSH loyihasi bo'yicha maslahatlar beradi.

Moliya vazirligi
Axborot xizmati

Concrete

Concrete

Concrete

Concrete

Concrete

Concrete

Concrete

Oxirgi o'zgartirish Juma, 18 Yanvar 2019 14:17

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 332 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!