РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI ISHTIROKIDA «DORI-DARMON» AKSIYADORLIK KOMPANIYASIDA SEMINAR O’TKAZILDI

17
Yan 2019
269 marta ko'rildi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI ISHTIROKIDA «DORI-DARMON» AKSIYADORLIK KOMPANIYASIDA SEMINAR O’TKAZILDI

“Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasida Moliya vazirligi, O’zbekiston soliq maslahatchilari palatasi, “Dori-darmon” AK tarkibiga kiradigan korxonalar va tashkilotlar ishtirokida soliq va byudjet siyosatining 2019 yilga mo’ljallangan asosiy yo’nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalarning mazmun va mohiyatiga bag’ishlangan seminar o’tkazildi. 

Seminarning asosiy maqsadi 2019 yil uchun belgilangan soliq qonunchiligining yangi normalarini amaliyotda qo’llashni muhokama qilish bo’ldi.

Seminarda soliq siyosatining 2019 yilga mo’ljallangan asosiy yo’nalishlari va soliq qonunchiligiga kiritilgan o’zgartirishlar to’g’risida Moliya vaziri o’rinbosari D.Sultanov, hamda soliqlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish masalalari va buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun hujjatlaridagi o’zgarishlar bo’yicha Moliya vazirligining Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi bo’lim boshlig’i Sh.Haydarov ma’ruza qildi. 

Seminar davomida 2019 yilgi soliq qonunchiligidagi yangiliklar qizg’in muhokama qilindi va munozaralarga sabab bo’ldi, shuningdek, seminarda “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlar rahbarlari, bosh buxgalterlar va boshqa mutaxasislarning savollariga amaliy misollar bilan atroflicha tushuntirishlar berildi.

Seminar yakunida taqdim qilingan ma’ruzalar va prezentatsiya materiallari asosida ishtirokchilar bunday uchrashuvlar amaliyotchilar uchun juda foydali ekanligini va soliq qonunchiligini qo’llashda xatolikka yo’l qo’ymaslikning oldini olishga olib kelishini qayd etishdi.

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 17 Yanvar 2019 15:50

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 285 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd