РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI HUZIRIDAGI DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIKNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI BO’SH ISH O’RINLARIGA TANLOV E’LON QILADI

09
Yan 2019
1483 marta ko'rildi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI HUZIRIDAGI DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIKNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI BO’SH ISH O’RINLARIGA TANLOV E’LON QILADI

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil  20 oktyabr “Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishning huquqiy va institutsional bazasini yaratish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3980-sonli Qaroriga binoan tashkil etilgan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish Agentligi shtatlarini yuksak malakali xodimlar bilan to’ldirish maqsadida bo’sh ish o’rinlariga tanlov e’lon qilinadi.

1. Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini tayyorlash va metodologiya boshqarmasi bo’sh ish o’rinlariga:

Boshqarma boshlig’i – 1 nafar;

Shu boshqarmaning Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini tayyorlash va rivojlantirish dasturlarini shakllantirish bo’limi bo’sh ish o’rinlariga:

Bo’lim boshlig’i – Boshqarma boshlig’i o’rinbosari -  1 nafar;
Bosh mutaxassis – 1 nafar;
Etakchi mutaxassis – 2 nafar;
1-darajali mutaxassis – 1 nafar.

Shu boshqarmaning Davlat-xususiy sheriklik metodologiyasi sho’’basi bo’sh ish o’rinlariga:
Sho’’ba mudiri – 1 nafar;
Bosh mutaxassis – 1 nafar.

2. Iqtisodiy ekspertiza va tavakkalchiliklarni baholash boshqarmasi bo’sh ish o’rinlariga;

Boshqarma boshlig’i o’rinbosari – 1 nafar;
Bosh mutaxassis – 1 nafar;
Etakchi mutaxassis – 2 nafar;
1-darajali mutaxassis – 1 nafar.

Shu boshqarmaning Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini monitoring qilish bo’limi bo’sh ish o’rinlariga:

Bo’lim  boshlig’i – 1 nafar;
Bosh mutaxassis – 1 nafar;
Etakchi mutaxassis – 1 nafar;
1-darajali mutaxassis – 1 nafar.

3. Tashqi aloqalar va bozor ishtirokchilarini muvofiqlashtirish sho’’basi bo’sh ish o’rinlariga:

Sho’’ba mudiri – 1 nafar;
Bosh mutaxassis – 1 nafar.

4. Agentlikning Kadrlar bo’yicha bosh mutaxassisi – 1 nafar;
5. Agentlikning buxgalteriyasiga: bosh mutaxassis - 1 nafar; 
6. Agentlikning matbuot kotibligiga - 1 nafar;
7. Agentlik axborot havfsizligi va axborot kommunikatsiya texnologiyalari bo’yicha bosh mutaxassis – 1 nafar.
 

NOMZODLARNI TANLASH JARAYONI QUYIDAGICHA TARTIBDA  AMALGA OSHIRILADI

Tanlov jarayoni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining maxsus tuzilgan ishchi guruhi tomonidan uch bosqichda amalga oshiriladi: 

Birinchi bosqich: Yuqoridagi talablarga javob beradigan nomzodlar quyida keltirilgan elektron manzil (Barcha hujjatlarni Xodimlar bilan ishlash boshqarmasining kadrlar bo’limiga Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron pochta manziliga jo’natishingiz so’raladi) orqali ingliz va o’zbek tillaridagi ma’lumotnomalarini (CV) topshirishlari talab etiladi hamda qisqacha nima uchun aynan shu lavozimda ishlash istagi borligi to’g’risida asoslovchi bayon yozib joriy yilning 19 yanvar sanasigacha jo’natishlari (o’zbek, rus va ingliz tillarida) talab etiladi. Joriy yilning 22 yanvarigacha Ishchi guruhi tomonidan barcha CV hamda asoslovchi bayonlar o’rganib chiqiladi va mazkur ikki hujjat sifati ball tizimi bo’yicha baholanadi (eng yuqori 10,  eng past 1 ball) bunda Maxsus ishchi guruhning har bir a’zosi hujjatlarni o’rganib chiqib har bir hujjatga alohida ball qo’yib chiqadi.  (CV va asoslovchi bayonlarni belgilangan muddatda va talablar asosida topshirmagan nomzodlarning hujjatlari ko’rib chiqilmaydi va qaytarib berilmaydi).

Ikkinchi bosqich: Joriy yilning 24-30 yanvar kunlari nomzodlar bilan o’zbek, rus va ingliz tilida yuqoridagi talablarga javob berishni tekshirish maqsadida suhbat o’tkaziladi. Suhbat natijasi ball tizimi bo’yicha baholanadi (eng yuqori 10,  eng past 1 ball) bunda Maxsus ishchi guruhning har bir a’zosi suhbatda qatnashgan nomzodning har bir talab (ko’rsatkich va mezon bo’yicha) alohida ball qo’yib chiqadi. Nomzodlarning keyingi bosqichga o’tganligi to’g’risidagi ma’lumot o’sha kunning o’zida e’lon qilinadi.

Uchinchi bosqich: Joriy yilning 30 yanvar kuni Maxsus ishchi guruh yig’ilib,  ikki bosqichdan (CV va asoslovchi bayonnoma) hamda (Maxsus ishchi guruh suhbati)dan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlarning ballari yig’indisni hisoblab chiqib, har bir nomzodning kuchli va kuchsiz taraflarini atroflicha muhokama qilib eng yuqori ball to’plagan nomzodlarni tanlaydilar va 3 kun muddatda nomzodlarga tanlov natijalari to’g’risida ma’lumot beriladi. 

 

QUYIDAGILAR NOMZODLAR UCHUN 
ASOSIY MALAKA TALABLARI HISOBLANADI
(4,5,6,7-BANDLARDAGI LAVOZIMLAR QUYILGAN TALABLARDAN QISMAN MUSTASNO) 

1. Moliya-bank sohasida (4-10 yil), investitsiyaviy tahlil, moliyaviy maslahat va biznesga baho berish amaliy ko’nikmasi ega bo’lish, hamda shunga yaqin sohada Bakalavr yoki Magistr diplomi.  O’zbekiston/xorijiy OTMlar diplomlari. 
2. Davlat-xususiy sheriklik, korporativ va loyihalarni moliyalashtirish printsiplarini, ularni moliyalashtirish turlari va instrumentlarini tushunish va bilish;
3. Iqtisodiy va moliyaviy tahliliy ma’lumotlar tayyorlash amaliyotiga ega bo’lish, moliyaviy modellarni tayyorlash uchun zarur bo’lgan - moliyaviy modellashtirishning ilg’or ko’nikmalarini, jumladan, buxgalteriya va soliq hisobi va hisobotini bilish;
4. Infratuzilmasiga ega tarmoqlar (energetika, transport, yo’l qurilish, uy-joy kommunal xo’jaligi, ta’lim va tibbiyot va boshqa ijtimoiy soha)ning o’ziga hos jihatlarini bilish;
5. Jamoada ishlash, topshiriqlarni ahamiyati va muhimligiga qarab taqsimlay olish, o’zbek, rus va ingliz tillarida rasmiy ishlash ko’nikmasi (yozma va og’zaki so’zlashish);
6. Microsoft Word, Power Point, Excel, Outlook kabi dasturlarda mukammal ishlash tajribasi va lavozimga mos boshqa malaka talablari;
7. Chet el fuqarolari hamda xorijiy davlatlardagi etakchi kompaniyalar, banklar, analitik markazlar, xorijiy davlat idora va muassasalarida ishlayotgan O’zbekiston fuqarolariga tanlovda qatnashishlari qo’llab quvvatlanadi (imtiyoz va ustuvorlik beriladi).

 

SHAXSIY TALABLAR

 

1. Vatanparvarlik, sodiqlik;
2. Jamoada ishlash qobiliyati;
3. Etakchilik va ma’suliyatni o’z zimmasiga ola bilish qobiliyati;
4. Og’ir intellektual mehnatdan qochmaslik;
5. Ish vaqtidan tashqari ishlarga tayyor bo’lish;
6. Ruhiy bosimlarga chidamlilik;
7. Muomala madaniyati;
8. 25-45 yoshdagi oliy ma’lumotli tajribali etuk mutaxassis;
9. Chet elga xizmat safarlariga chiqish imkoniyati.

Barcha hujjat va ma’lumotlarni Agentlikning kadrlar bo’limiga Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron pochta manziliga yuborish so’raladi. Qo’shimcha ma’lumotlar uchun (+998 71) 239-42-05 yoki (+998 71) 239-48-53 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
 


 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 09 Yanvar 2019 17:25

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 489 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!