РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI "ISHONCH TELEFONI" FAOLIYATINI BAHOLASH STATISTIKASI

27
Dek 2018
495 marta ko'rildi

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI "ISHONCH TELEFONI" FAOLIYATINI BAHOLASH STATISTIKASI

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Ishonch telefoni”ga 2018 yil davomida jami 690 ta murojaatlar kelib tushgan, shundan 2018 yilning 25 dekabr holatida 673 ta murojaatlar ko’rib chiqilgan, 17 ta murojaatning ko’rib chiqish muddatlari mavjud. 

Mazkur murojaatlardan 275 tasi ijobiy hal etilgan (qanoatlantirilgan), 390 ta murojaatga qonunchilik doirasida tushuntirishlar berilgan hamda  8 ta murojaat ko’rmasdan qoldirilgan (ilgarigi murojaatini qaytarib olish yoki ko’rmasdan qoldirishni so’rash haqidagi arizasiga ko’ra va anonim murojaatlar).

Jumladan, ish haqi bo’yicha masalalar 355 ta, nazorat taftish masalasida 76 ta, ijtimoiy nafaqalar bo’yicha 52 ta, pensiyaga oid masalalarda 38 ta, soliq, sug’urta va boshqa masalalarda 169 ta murojaatlar kelib tushgan.

Vazirlik “Ishonch telefoni”ga kelib tushgan murojaatlar ma’sul xodim tomonidan zudlik bilan “mf.ijro.uz” dasturiga kiritilib rahbariyat hamda tegishli mutaxassislarga etkazilmoqda. Murojaatda ko’tarilgan masalalar imkon qadar ijobiy hal etilib, bu haqda muallifga telefon orqali hamda o’rnatilgan tartibda yozma ma’lum qilinmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2017 yil 18 avgustdagi 431-sonli “Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat  hokimiyati organlarida “Ishonch telefoni” faoliyati samaradorligini baholash metodikasini tasdiqlash to’g’risida”gi buyrug’iga asosan Moliya vazirligining “Ishonch telefoni”ga IVR-mijoz tizimi tomonidan telefon klaviaturasida tonal terish yordamida kiritilgan malumotlarni ishlatib, “Ishonch telefoni”ga qo’ng’iroqlarni marshrutlashtirish funktsiyasini amalga oshiruvchi oldindan yozib olingan ovozli xabarlar tizimini  o’rnatish bo’yicha AK “O’zbektelekom” bilan shartnomalar tuzildi va “Ishonch telefoni”ga IVR-mijoz tizimi o’rnatildi.  

Shunga ko’ra ushbu tizim imkoniyatlari doirasida “Ishonch telefoni” faoliyatini baholash imkoniyati mavjud. Operator bilan suhbatdan so’ng suhbat jarayonini 1 dan 5 gacha ballda baholanadi. “Ishonch telefoni”ga bo’lgan qo’ng’iroqlarni baholash statistikasiga ko’ra “Ishonch telefoni” faoliyati jami 73 kishi tomonidan baholangan. 55 kishi 5 ballga, 5 kishi 4 ballga, 5 kishi 3 ballga,  3 kishi 2 ballga, 5 kishi 1 ballga baholagan. 

Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqishda asosiy etibor murojatlarni har tomonlama, sinchkovlik  bilan o’rganishga qaratilgan bo’lib, ko’p hollarda, rahbariyat topshirig’iga asosan, qo’yilgan muammo yoki shikoyatlarni joylarga chiqib o’rganish amaliyoti joriy etildi.

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 27 Dekabr 2018 16:06

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 340 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd